1. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib

Download Report

Transcript 1. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib

4-Mavzu:
Pedagogik maslaxat
Reja:
1.Maslaxat-maktabgacha ta’lim
muassasalarida pedagogik xizmatning
muxim yо‘nalishi.
2.Pedagogik maslaxatning moxiyati.
3.Mmaktabgacha ta’lim muassasasi
pedagogi faoliyatining turlari xaqidagi
bilimlarga ega bо‘lish.
Tayanch tushunchasi:
Ma`naviy barkamol, insonparvr, samaradorlik,komil
inson, e`tabor, bolalar salomatligini
ximoyalash,xamkorlik.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik
ish olib borish. Maktab yoshidagi bolalar bilan
ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha
ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan
tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat о‘quvchilarning
doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan
bog‘liq bо‘lib, о‘quvchilarning ta’lim muassasasiga
muvaffaqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning
faol a’zosiga aylanishigacha bо‘lgan murakkab
davrni о‘z ichiga oladi.
Maktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan
oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda
hamda bepul ovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf
rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini
о‘rganilib, «tarbiyasi og‘ir bolalar» bilan alohida
mashg‘ulotlar о‘tkazilmoqda.
Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini
о‘rganadi, ota-onalar va bolalarga maslahat beradi.
Ota-onalar qо‘mitasi ham о‘z о‘rnida
tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashga yordam
beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog
ishiga ikki xil yondashuv mavjud: u maktab
bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli
xodimi hisoblanadi.
Kо‘pgina G‘arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy
pedagog maktabning shtatli xodimi bо‘lib, ijtimoiy
yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar
maktab о‘quv dasturini о‘zlashtirishga qobiliyati
yetmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada ruhiy
tushkunlikni boshdan kechirishgan bо‘lishi ham
mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga
yetmaganlar ishlari bо‘yicha komissiya rо‘yxatida
turishadi.
Bolalarni qayta tarbiyalashga yoki о‘z-о‘zini
tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha
bosqichdan iborat:
1. Tarbiyalanuvchini о‘rganib chiqish;
2. О‘smirning yurish-turishini о‘zgartirish uchun uni ruhiy
tayyorlash;
3. О‘smirdagi ijobiy axloqiy sifatlarni о‘rganish va tо‘plash;
4. Inqirozdan chiqishning samarali yо‘llarini topish, о‘z-о‘zini
tarbiyalashga о‘tish.
Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan
tashqari о‘smir mansub bо‘lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham
qо‘shiladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy
pedagogik ish olib borishning xususiyatlari nimadan
iborat?
2. Maktab va mahallalarda tarbiyasi og‘ir
о‘smirlar bilan ish olib borishda qanday ijtimoiy
pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi?
ADABIYOTLAR:
1. Axmedov R., Sattorov A. О‘zbekistan: Inson xuquqlari
va qonunlari. — T.: Adolat, 1999.
2. L.P. Filonov. Dezadaptiv о‘spirinlar bilan reabilitatsiya
jarayonida aloqa о‘rnatish texnologiyasi. Zamonaviy
sharoitlarda bolalar va о‘smirlar reabilitatsiyasi
muammolari va tajribasi. — M.: 1994
3. Problemi esteticheskogo vospitaniya podrostkov. — M.:
1994.
4. Tixomirova N.K. Sistema vospitatelnoy raboti v shkole
na osnove programmi. — M.: 1996.