INSON FALSAFASI

Download Report

Transcript INSON FALSAFASI

 1.
Falsafada inson muammosi, uning
moxiyati.
 2. Insonda biologik va ijtimoiy jixatlar
ularning birligi. Insonning paydo
bulishida va rivojlanishida mexnat, til,
madaniyat va Etikaning roli.
 3. Inson ma’naviyati va bunyodkorlik
faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi
o’rni.



Insonning moxiyatini bilish qadim
zamonlardan boshlab falsafaning
asosiy maqsadlari sirasiga kirgan.
Mazkur masalaning qadimiyligi
mutlaqo uning eskirib qolganini
anglatmaydi. Xar bir davr, xar bir
falsafiy oqim bu doimiy muammoni
yangi-yangi qirralarini kashf qilishga
intiladi.
Jamiyat tarixida juda ko’plab keskin
o’zgarishlar, tub burilishlar bo’lib,
xilma-xil goyalar, qarashlar,
ta’limotlar uzgarib, yangilanib turgan
bulsada, inson moxiyati muammosi ,
uning odob-Etikasi, ma’naviyati
masalasi xech kachon faylasuflar
diqqat e’tiboridan chetda qolgan
emas.
Bugungi kundagi mamlakatimizda
amalga oshayotgan isloxatlar xam
inson manfaatiga qaratilgandir.
 Inson
dunyoda eng
murakkab oliy mavjudot,
tabiatning yuksak
maxsuloti. Shuning uchun
uni anatomiya, fiziologiya,
biologiya, genetika singari
qator fanlar urganadi.
Lekin odam boshqa tirik
mavjudotlardan farqli
ularoq faqat tabiiy emas,
balki tarixiy, ijtimoiy
mavjudot xamdir. Uning
ijtimoiy sifatlari bilan tarix,
estetika, Etika,
ruxshunoslik, iqtisod, kabi
fanlar shug’ullanadi.
Falsafa fani oliy mavjudot bulgan insonning
moxiyatini ochish, ichki dunyosi, odob-Etikai,
orzu intilishlari ma’naviyatini bilib olish va undan
tegishli xulosalar chiqarishga katta yordam
beradi.
 Falsafa fani insonning ichki ma’naviy dunyosi,
uning qiziqishlari, e’tikodi, tushunchalari ming
yillar mobaynida shakllanadi, ongda
mustaxkamlanib boradi, deb kursatadi. Shunga
kura siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlardagi
tub uzgarishlarning maxsuli bulgan inson
ongidagi uzgarishlar bir muncha murakkabrok
bo’lib ma’lum vaqt ichida yuz beradi. Ob’ektiv
olamda sodir bo’lgan yoki bo’layotgan xodisalar,
ularning umumlashmalari asosida inson
tushunchalari, ongi, fikri shakllanadi.

 Odamni
xayvondan ajratib
turadigan eng asosiy
tafovutlardan biri
xulqdir. Bu farq yuqorida
ko’rsatib o’tilgan tafovut –
ongning mavjudligi bilan
chambarchas
bog’lik.Odam xulqi ong
yordamida
boshqariladi,lekin uning
shakllanishida tabiiy
omillar
,instinktlar,biologik
extiyojlar rolini mutlaqo
inkor kilish xaqiqatdan
ko’z yumish bo’lur edi.

Tabiat kuchlariga qarshi kurash urug’ va
qabiladagi barcha a’zolarning birlashishini
takazo qilar edi. Mexnat va iste’mol kollektiv
xarakterga ega bo’lgani uchun jamoa Etikai xam
kollektiv xarakterda edi.Mexnat jarayonida
odamlardagi iroda, o’zaro yordam singari
tuygular tarbiyalanar va rivojlanar edi. Mexnat
jarayonida shakllangan Etikaning odamlar
orasidagi munosabatlarni tartibga solishi
oqibatida xaqiqiy kishilik jamiyati vujudga keldi.
Bu jamiyatda mexnat faqat oziq-ovqat, kiyimkechak topish vositasigina bo’lib kolmasdan,
tarbiyaning xam qudratli vositasiga aylandi.
 Ilmiy-texnika
inqilobi davrida odamdagi
biologik va ijtimoiy sifatlar birligining
yangi kirralari namoyon bo’la boshladi.
Ma’lumki, minglab yillik tarix odamning
boshka turdagi mavjudotlarga nisbatan
moslashuvchanligi kuchlirok ekanini
ko’rsatdi.
 Genetika
fanining kuzatishlari odam
irsiyatida yuz berayotgan mutatsiyalaro’zgarishlar tezlashib borayotganini
ko’rsatmokda. Shu mutatsiyalar va yukorida
aytilgan stresslar oqibatida tez sur’atlar
bilan ko’payib borayotgan yurak-qon
tomir kasalliklari insoniyat uchun xavf
solmokda. Inson jismidagi biologik
imkoniyatlar juda xavfli chegaraga
yaqinlashmokda. Barcha kuchlarni ishga
solib ana shu xavfni bartaraf kilish xozirgi
kundagi eng muxim vazifalardan biridir.

Falsafa fani insonning ma’naviyatga ega ekanligiga
xam aloxida e’tibor beradi. Ma’naviyat insonning
asosiy fazilatlaridan bo’lib xisoblanadi. Insonda
ma’naviy asosda yashash va faoliyat ko’rsatishgina
emas, balki, shu bilan birga uni egallash,
rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyati va
iste’dodi xam mavjuddir. Ma’naviyat uz-uzidan paydo
xam bo’lmaydi, rivojlanmaydi xam. Ma’naviyat
insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan
birga singadi. (I. Karimov O’zbekiston buyuk kelajak
sari. T. 1998, 60-bet). Ma’naviyat inson qalbida kamol
topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va ko’l bilan
mexnat qilishi kerak.
Ma’naviyat barkaror bo’lmagan joyda moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va iste’mol qilish
madaniyati yuqori bo’lmaydi. Ma’naviy qashshoq
bo’lgan odam yetuk, farovon, madaniy turmush
kechirish me’yorlarini xam bilmaydi.
Ma’naviyati yetuk insonlar kelajakni oldindan
kurishga, kiyinchiliklarni yengishga og’ir
sharoitda xam yuksak maksadini oldiga kuyib,
uni iymon va e’tikodi bilan yengishga qodir
bo’ladilar.

Ma’naviyat insonning o’zligini anglab olishda
unga yordam beradi. O’zligini anglagan
insongina, O’zligini anglagan millatgina kuchli
davlat, adolatli jamiyat barpo eta oladi.
