Mavzu:Nutqida kamchiligi bo*lgan bolalar diqqat va xotirasini

Download Report

Transcript Mavzu:Nutqida kamchiligi bo*lgan bolalar diqqat va xotirasini

Nutq nuqsoniga ega bolalarning idrok xususiyatlari.

Reja:

• 1.Idrok haqida umumiy tushuncha • 2. Nutq nuqsoniga ega bolalarning idrok xususiyatlari.

Mavzuning maqsadi:

Talabalarga nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning idrok xususiyatlari haqida tushuncha berish

Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

• • • • • 1.Kalyagin V.A. Logopsixologiya: ucheb. posobie dlya stud. vqssh. ucheb. zavedeniy / 2..A.Kalyagin, T.S.Ovchinnikova. — M.: Akademiya, 2006. 3.Kosyakova O.O. LogopsixologiY. Izdatelstvo "Feniks" Seriya "Vissheye obrazovaniye" 2007 4.Muminova L.R., Ayu’ova M. LogopediY. Tashkent. «O’qituvchi» 1993 y 5.Ayupova M.Y., LogopediYа. T.: O’zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. 2007 y.

6.LogopediYа. pod. red. A.S. Volkovoy. M:Vlados 1998g

Elektron ta'lim resurslari

• • • • • • 1 ru.wikipedia.org/wiki/Logopsixologiya 2.tempus.novsu.ru/file.php/1/Vitebsk/lautkina_2.pdf

3.nashaucheba.ru/.../seliverstov_v.i._doshkolnaya_logopsixologiya

4.uchebnikionline.ru/.../logopsihologiY.../logopsihologiya_ _konoplyasta 5.

htt’://ingn’ublishing.com/journal/9/2012/7_20/ 6.

htt’://www.dslib.net/’redstojawie-zawity-dissertacij.html

Idrok

• sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks ettirishdir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, ayrim hossalarni esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug‘ini esa sezamiz. Idrok qilish xis qilish bilan birgalikda bilish jarayonida teng ishtirok etadi.

Ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy

• “Minerologiya” asarida sezgi va idrok haqida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan: “Sezgilar beshta bo‘lib, … ular quloq bilan eshitish, ko‘z bilan ko‘rish, burun bilan hidlash, til bilan tatib ko‘rish va teri bilan tegib bilishdan iboratdir… ilm va ma’rifat faqatgina o‘shalar orqali hosil bo‘ladi.”

Idrokning o‘ziga xos xususiyatlari

• • • • • • 1) aralash va umumlashtirish: predmet va xodisalarni idrok etar ekan, inson nimalarni idrok etayotganini tushunadi va anglaydi; 2) predmetlilik: predmetlarning obrazlarini real predmetlar sifatida anglaydi; 3) yaxlitlilik: borliqdagi predmet va xodisalarning alohida sifatlari va belgilari doimiy mustaxkam bog‘liqlikda bo‘ladi; 4) tizimlilik: kishi turli predmetlar yoki hodisalarning belgilarini yaxlit va mustahkam tizim sifatida anglaydi; 5) tanlash: bir necha predmetlar va ko‘rinishlar orasidan inson faqat bir nechtasinigina ajratib oladi, bu uning qanday faoliyat bilan shug‘ullanayotganiga, muayyan vaqtda unga qanday narsalar kerakli ekaniga va qiziqishlariga bog‘liq bo‘ladi; ) o‘zgarmaslik: xuddi o‘sha predmetlar inson tomonidan o‘zgargan sharoitlarda ham bir xil qabul qilinadi (turli xil yoritilishida, turli xil qarashlarda, turli masofalarda).

Idrok qilish jarayonida

• bolada asta sekinlik bilan ko‘rish, eshitish, harakat, bilish obrazlarini orttirib boradi. Lekin bunda bola predmetlarning munosabatlari va belgilarini idrok qilishi jarayonida, bu munosabatlar va belgilar so‘zlar bilan izohlangan bo‘lishi kerak. Bu esa predmetning obrazlari haqida tasavvurlarni mustahkamlaydi, ularni yana ham aniqlashtiradi.

Agar idrok qilingan obrazlar so‘zlar bilan mustahkamlangan bo‘lsa, bir qancha vaqt o‘tganidan keyin ham bu obrazlar bola tasavvurida tikldanishi mumkin.

G.F.Cergeyeva fikricha

• Idrok qilishning fonematik buzilishi nutq nuqsoniga ega bolalarning hammasida kuzatiladi, bunda nutq-eshitish va nutq-harakat analizatorlari orasidagi bog‘liqlik bo‘lmasligi kuzatiladi. Ma’lumki, dizartriya va rinolaliyada uchraydigan nutq harakat analizatori funksiyasining buzilishi tovushlarni eshitish orqali idrok qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin

• YE.M.Mastyukova ko‘rish orqali idrok qilishni tekshirish natijasda nutq nuqsoniga ega bo‘lgan maktab o‘kuvchilarida bu funksiya o‘z normasida qoladi va ular obrazlarni yaxlitligicha idrok etadi va meyordagi bolalardan farq qilmaydi degan xulosaga keladi.

• Biroq nutq nuqsonlariga ega bolalarga berilgan vazifalar murakkablashtirilganida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar predmet obrazlarini belgilangan sharoitlarda ancha kiyinchilik bilan idrok qiladilar: qarorni qabul qilish vaqti cho‘ziladi, bolalar o‘z javoblariga ishonmay ikkilanadilar, predmet-xodisalarni tanishda xatoliklar kuzatiladi, axborot ortgan sari predmetning belgilarini ajratish ham qiyinlashadi.

Kichik maktab yoshidagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning ko‘rib idrok etishini tekshirish jarayonida dizartriya, alaliya kabi nutq kamchiliklarida idrokning quyidagi buzilishlari kuzatildi: • optik, atrof-muhit, tasavvurlar, yuzaga tegishli bo‘lgan belgilar, barmoqlar va artikulyatsiya a’zolari harakati, taktil-harakat azolari yordamida idrok etish (L.S.Svetkova, T.M.Pirsxalayshvili).

Nutq nuqsoniga ega bolalarda optik atrof-muhitni idrok etish jarayonining buzilgani, shuningdek boshqa idrok jarayonlari to‘lik emasligi natijasida atrof-muhitni tasavvur qilishning shakllanishida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi. • Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa rasmlarni chizishda kuchli namoyon bo‘ladi: rasm va tasvirlar detallar miqdorining kamligi, oddiyligi, soddaligi, murakkab emasligi bilan ajralib turadi, shuningdek buzilishlarning mikdori bilan xarakterlanadi.

optik-atrof-muhitni idrok etishdagi • Disleksik va disgrafik bolalarda atrof-muhitni idrok etishning buzilishi ayrim hollarda yozuv nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, predmetlar orasidagi aloqalar, ular orasidagi faoliyat impressiv nutqning saqlanganligini bildiradi. Lekin ekspressiv nutqda, agar bolalar og‘ir nutq nuqsonlarigi ega bo‘lsa, nutqiy muloqot vositalarini bu munosabatlarda notug‘ri ifodalaydilar. Bu ularning nutqida semantik tartibning saqlanmaganligi bilan bog‘liq.

Taktil-harakat a’zolari orqali idrok etish xususiyatlari R.L.Ringel metodikasi yordamida tekshiriladi. Bunda bolaga “sehrli quticha”ga joylashtirilgan predmetlar orasidan kerakli predmetni paypaslab aniqlash topshiriladi. Nutqida kamchiligi bor bolalarda, ayniqsa dizartriklar va alaliklarda mayda qo‘l motorikasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli taktil-harakat orqali idrok etish xususiyati ham buzilgan bo‘ladi.

Nutqi buzilgan hamma bolalarda fonematik idrokning buzilishi, shubhasiz nutq-eshitish va nutq-harakat qilish analizatorlari faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. G.F.Sergeyevaning fikricha, dizartriya va rinolaliyada nutq-harakat qilish funksiyalarining buzilishi fonematik idrok jaryoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va idrokning buzilishi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kuzatiladi.

L.I.Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova, E.L.Figeredo tadqiqot natijalariga ko’ra,

• Idrok qilinayotgan predmetning dastlabki obrazi sezgilarning jami (yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi. Bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda esa predmetni yaxlit idrok etish qobiliyati ham buzilgan bo‘ladi. Ular predmetning ayrim belgilarini idrok etmaydilar

A.P.Voronovaning nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajriba sinov natijalarining tadqiqiga ko’ra, • bu toifadagi bolalarda harf idroki past rivojlangan bo‘ladi: ular harflarni bir tekisda yoza olmaydilar, harflarni chaplashtirib yuboradilar, to‘g‘ri chiziqdan tepaga yoki pastga tushib ketadilar. Bosma harflarnini yozishda ham xuddi shunday qiyinchiliklarga uchraydilar. Shu sababli nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar savodni egallashda qiynaladilar. Ma’lum bo‘lishicha, nutqi rivojlanmagan bolalar «o‘ng tomon» va «chap tomon» tushunchalarini ajratib olishda qiynaladilar, shuning uchun o‘z tana a’zolarining joylashish o‘rnini odatda to‘g‘ri aniqlay olmaydilar.

Alalik bolalarda fazoviy buzilishlar, ayniksa, odam suratini chizishda yaqqol ko‘rinadi: tasvirlashning qashshoqligi bilan, detallar sonining kamligi va oddiyligi, hamda o‘ziga xos optik-fazoviy buzilishlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Biroq, nutqi buzilgan bolalarda fazoviy buzilishlarning o‘rni rasmda ifodalangan hissiy jo‘shqinlik evaziga kompensatsiya qilinadi.

• Idrokning mazmuni asosan odam hosil qilgan tajribaning boyligi, unda tafakkur va hayolning nechog‘li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi.

Bunda nutq yetakchi o‘rin egallaydi. Nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarda esa idrokning barcha turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishda nutq kamchiliklarini to‘g‘rilash bilan birga idrokni rivojlantirish ham talab qilinadi.

Психологик ташхисни амалга оширишда

қ

уйдагилар эътиборга олинади:

• • • • • • • 1. Берилаётган топшири қ лар боланинг ёши, индивидуал хусусиятлари, яшаш му ҳ итига мос бўлиши керак; 2. Тад қ и қ от давомида болани ра ғ батлантириш; 3. Текширувга боланинг ота- онасини жалб қ илиш; 4. 4- 6 ёшли болаларда тад қ и қ от 30 да қ и қ адан ошмаслиги; 5. Агар диагностик маълумотлар етарли бўлмаса, қ айта тад қ и қ от ўтказиш; 6. Тад қ и қ от ижобий му ҳ итда тугалланиши; 7. тад қ и қ от натижаларини ота- она, бош қ а мута ҳ ассислар билан му ҳ окама қ илиш.

Mustaqil ish uchun vazifa

Nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni idrokini tekshirish metodikalariga doir ishlanma tayyorlash