oitsni_oldini_olish_slayd

Download Report

Transcript oitsni_oldini_olish_slayd

OIV/OITS haqida nimalarni bilish lozim

OIV-infeksiyasi umr oxirigacha davom etadigan , ko’p yillar davomida yashirin kechadigan va oxiri o’lim bilan tugaydigan yuqumli kasallik hisoblanadi.

OIV-Odam Immuntanqisligi Virusining qisqartirilgan nomi.

• Odam - bu virus faqat odamlarda kasallikni yuzaga keltiradi. • Immunitet - bu tananing turli xil kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi kurashadigan kuchidir. OIV immunitetni asta-sekin yemirib uning tanqisligini yuzaga keltiradi.

• Virus odam hujayraning ichida ko’payadigan kasallik qo’zg’atuvchi mikrobning turi hisoblanadi.

bu OIV-infeksiyasining eng so’nggi bosqichi • Orttirilgan deyilishiga sabab, bu tug’ma emas, hayoti davomida orttirilgan • Immunitet bu tananing himoya kuchui • Tanqislik uning yetishmovchiligini anglatadi.

• Sindtom kasallik belgilari

• Immunitet tufayli biz kasallikka chalinmaymiz, kasal bo’lsak ham tez sog’ayamiz.

• Tananing himoya kuchi-immunitetni asosan qondagi limfotsitlar tashkil etadi.

• OIV aynan shu hujayralar limfotsitlarni ichiga kirib, ularni yemiradi. Tanada immun tanqisligini yuzaga keltiradi.

OIV qanday yo’llar bilan yuqadi?

• OIVning 3 xil yuqish yo’li mavjud: • Jinsiy • Qon orqali (parenteral yo’l) • Onadan-bolaga (vertikal)

Jinsiy yo’l

• Turli shaxslar bilan jinsiy aloqalarda bo’lish

Qon orqali

• Virus bilan zararlangan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda • Zararsizlantirilgan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boshqa tibbiy asboblar orqali tibbiy muolajalar olganda • Shprislar va ignalardan umumiy foydalanilganda • Hiyohvand moddalarni tomir orqali qabul qilganda OIV-infeksiyasi yuqtirish havfi yuqori bo’ladi.

• Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan holda, adanga rasm chizdirish (tatiurovka), tananing turli joylariga taqinchoqlar taqish (pirsing), qosh qovoq va lablarga rang berish (tatuaj).

• Shaxsiy gigiyena vositalari-tish chotkasi, soqol olish, manikyur asboblaridan umumiy foydalanish (ular faqat shaxsiy bo’lishi kerak).

Onadan bolaga-vertikal yo’l

• Homiladorlik davrida (jarohatlangan yo’ldosh orqali) • Tug’ruq jarayonida (ona qoni orqali) • Ona suti orqali

OIV bilan zararlanganda qanday belgilar namoyon bo’ladi?

• OIV bilan zararlanishning dastlabki vaqtlarida inson o’zini so’g’lom his etadi, qilmaydi, kasallik belgilari namoyon bo’lmaydi.

• Bu kasallikning yashirin davri bo’lib, tananing baquvvatligiga qarab 3-6 oydan 10 mumkin. Bu davrda odam o’zi bilmay bu kasallikni boshqalarga yuqtirish mumkin.

• Immunitetning asta-sekin kuchsizlanib borishi natijasida odamda turli xil yuqumli va o’sma kasalliklari rivojlana boshlaydi.

OIV infeksiyasi quyidagi belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin.

• Tana haroratining sababsiz ko’tarilishi (bir-necha hafta davomida) • Bir oydan ko’proq vaqt mobaynida yo’talish.

• Ichning ketishi va uni oylab davom etishi.

• Hech qanday sababsiz ozish • Bo’yin, o’mrov osti, qo’ltiq osti, limfa tugunchalarining kattalashuvi.

• Bu belgilar boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin.

• Shuning uchun bu belgilar kuzatilsa, OIVga chalindim deb o’ylash noto’g’ri.

• Tashhis bir necha marta laboratoriya tekshiruvlaridan keyin bir guruh shifokorlar tomonidan qo’yiladi.

• Kasallik aniqlangan keyingi antiretrovirusli davolash muolajalari bemor hayotini uzoq muddatga cho’zish imkonini beradi.

OIV qanday hollarda yuqmaydi?

• Qo’l berib ko’rishganda, quchoqlashganda; • Yo’talganda, aksa urganda; • Umumiy telefondan foydalanganda; • Hashoratlar chaqqanda; • Basseyn, hammom, hojatxona umumuy foydalanilganda; • Umumiy idish-tovoqlar orqali; • Kiyim-kechak va ko’rpa-tushak orqali.

Unutmang!

• OIV infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarilmagan.

• OIV infeksiyasidan saqlanish uchun uning yuqish yo’llari haqida ma’lumotga ega bo’lishi va undan saqlanish choralariga rioya etishi juda muhimdir.

Saqlanish mumkin?

• Inson ahloqan pok, o’z jufti haloliga doimo sodiq bo’lishi, • Turmush qurishdan oldin albatta tibbiy ko’rikdan o’tish maqsadga muvofiqdir.

• Giyohvand moddalarni ta’tib ham ko’rmang.

• Tibbiy muolaja olayotganda osboblarni zararsizlantirilganligiga ahamiyat bering. Bir martalik shpris, sistema , sharifikatorlarni oldingizda ochilishini talab qiling. to’ldirishni nazorat qiling.

• Pirsting, tatiurovka, tatuaj kabi odatlar sog’ligingiz uchun havf tug’dirishi mumkinligini unutmang.

• Tish chotkasi, soqol olish anjomi, manikyur asboblari faqat shaxsiy bo’lsin, ulardan boshqalarning foydalanishiga yo’l qo’ymang.

• Umr insonga bit marta beriladi, uning har bir daqiqasini qadriga yeting.

E’tiboringiz uchun rahmat!