O`zb.bolalar adab.Pashiyeva G - Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Download
Report
Transcript O`zb.bolalar adab.Pashiyeva G - Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Ajiniyoz nomidagi
Nukus davlat pedagogika instituti
O’zbek adabiyoti kafedrasi
“O’zbek adabiyoti” fanidan
“20-30 yillar o`zbek bolalar adabiyoti”
mavzusidagi dars taqdimoti
O’qituvchi: G.Pashiyeva
Nukus-2014
Uyga vazifa so’rash
“Umid daraxti”
Reja:
Bu dаvr аdаbiyotining tаrаqqiyot tаmоyillаri.
G’аyrаtiyning hаyoti vа ijоdiy fаоliyati.
Sultоn Jo’rа vа Zаfаr Diyor ijоdining еtаkchi mаvzulаri. .
G’аfur G’ulоm ijоdidа fоlkоr аn’аnаlаri.
Shе’riy аsаrlаri mаvzusi. Shоir shе’rlаridа fоlklоr
mоtivlаri.
Аdib ijоdining jаnriy ko’lаmi, оbrаzlаrdаgi hаyotiylik.
“Mеning o’g’riginа bоlаm”, “Shum bоlа” kаbi аsаrlаri
tаhlili.
Bu davr adabiy jarayoniga Zafar Diyor, Sultоn Jo’ra,
SHukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiy, Ilyos Muslim,
G’ayratiy kabi prоfеssiоnal bоlalar yozuvchilarining kirib
kеlishi bilan ajralib turadi. Nеcha-nеcha avlоdlar
tarbiyasiga хizmat qilgan Zafar Diyorning «Kitоb mеning
do’stimsan», «Sentabr qo’shig’i», «Bоg’chamiz» , Sultоn
Jo’raning «A’lо» va «YAхshining maqtоvi», «Harflar
paradi», «Tinish bеlgilarining majlisi», «Ikki bahо»,
«Kimning хati chirоyli», «Mamatning kеchirmishi»
shе’rlari shu davr mahsulidir.
Jumladan, G’.G’ulоmning «O’rdak va
Turg’un», «Bilib qo’yki, sеni Vatan
kutadi», «SHum bоla», Оybеkning
«Tеmirchi Jo’ra», «Gulnоr оpa», «Zafar va
Zahrо», «Qоnli barmоqlar» nоmli asarlari
bоlalar adabiyotining shundan kеyingi
taraqqiyotiga sеzilarli ta’sir ko’rsatdi.
G’ayratiy
O‘zbek adabiyoti ravnaqiga o‘z ulushini
qo‘shgan adiblardan biri G‘ayratiy—
Abdurahim Abdulla o‘g‘li 1902 yil 15 fevralda
Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand
oilasida dunyoga keldi. Uning otasi o‘qimishli,
adabiyotga qiziqqan kishi bo‘lgan. Onasidan
erta judo bo‘lgan Abdurahim mahalladagi
Oyimxon aya qo‘lida tarbiya topgan. Uning
adabiyotga qiziqishida ham aya aytgan ertaklar
muayyan rol o‘ynagan. 1912—1915 yillarda u
avval eski maktabda, so‘ng madrasalarda tahsil
oladi. Shu yillarda Navoiy, Muqimiy, Furqat
asarlari bilan tanishadi.
1926 yilda G‘ayratiy Ozarboyjonga borib, Bokudagi bilim
yurtida o‘qiydi. U yerda M. O‘rdubodiy, M. Mushfiq, S.
Rustam, J. Jabbor kabi taniqli adiblar bilap tanishadi va
muloqotda bo‘ladi. Bokudan qaytgach, Toshkentdagi
muzikali drama teatrida adabiy emakdosh bo‘lib xizmat
qiladi. 1929—1931 yillarda O‘zbekiston Davlat
nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydi.
Uning birinchi she’riy to‘plami 1927 yilda «Erk tovushi»
nomi bilan nashr etiladi. 1928 yilda «Yashash taronalari»
she’riy to‘plami, «Qutulish» nomli hikoyalar to‘plami chop
etiladi. She’riy to‘plamga kirgan «She’rim», «Shoir»,
«Tanburchi qizga», «Mening tuyg‘ularim» kabi she’rlarida
shoirning dunyoqarashi gavdalanadi.
G’ayratiy dramaLARI
Bulardan tashqari, G’ayratiy dramatik
asarlar ham yaratgan. Uning «Оmоn»,
«Yo’ldоsh», «Qanоtli do’stlar»,
«O’rmоnda» kabi dramalari uzоq yillar
rеspublika qo’g’irchоq tеatri va yosh
tоmоshabinlar tеatri rеpеrtuaridan
mustahkam o’rin оlib kеldi.
1972 yilda G‘ayratiyga
O‘zbekiston xalq shoiri
unvoni berilgan. U 1976
yil 17 yanvarda vafot
etgan. Vafotidan so‘ng
esa «Quyoshga
muhabbat» degan (1980)
she’riy majmuasi nashr
etildi.
Sultоn Jo’rа
O’zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri,
pedagog, jangchi-shoir Sulton Jo’ra 1910 yilning 15
yanvarida Buxoro viloyati Shofirkon tumanining
Qag’altom qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida dunyoga
keladi. Yetti yoshidan ota-onadan yetim qolgan Sulton har
kimning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang’ich
maktabda o’qib, so’ng 1924 yilda Buxoroga keldi va bu
yerda erlar pedagogika bilim yurtida o’qib, uni 1930 yilda
tugatdi. Sulton Jo’ra 1931-38 yillarda Buxoro rabfagida,
1938-41 yillarda Andijondagi o’qituvchilar ilmgohi va
pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
Zafar Diyor
Hayoti va ijodi
Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotini
Zafar Diyorsiz tasavvur qilish qiyin. Uning
she‘r, qo’shiq, doston, hikoya va pesalari yosh
kitobxonga
katta
estetik
zavq-shavq
bag’ishlab kelmoqda. Kata iste‘dod egasi
Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining
hozirgi
Chust
tumani,
Samsoqtepa
qishlog’ida kambag’al dehqon
oilasida
tug’ildi.1916 yilda Zafarlar oilasi Toshkent
shahriga kuchib keladi. Zafarning otasi
dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat
qiladilar.
1927 yilda Zafar to’liqsiz o’rta maktabni
bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli
pedagogika texnikumiga
o’qishga kiradi.
Tuxnikumda
ko’proq
ilm-fan
sirlaridan
bahramand bo’lishga harakat qiladi. Uning
dastlabki she‘riy mashqlari bilim yurti devoriy
ro’znomasi sahifasida ko’rina boshlaydi.
O’zbek bolalar adabiyotiga
qo’shgan hissasi
O’zbek bolalar nasrini
rivojlantirishga ham Zafar Diyor
o’z hissasini qo’shgan
yozuvchilardan. Uning
“Jo’natish”, “Cho’pon qizi”,
“Nojo’yaliklar” kabi hikoyalari
shular jumlasidandir. O’zbek
bolalar adabiyotini rivojlanishiga
she‘r va qo’shiq, doston va
ertaklari bilan juda katta xissa
qo’shgan Zafar Diyorning
asarlarini bolalar xamon sevib
o’qiydilar va yuksak qadrlaydilar.
Zafar Diyor bolalarning hatti-harakatlarini,orzu-intilishlarini
yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, uning «Kel,
uchaylik shimolga ” she‘ri g’oyat xarakterlidir. Bunda shoir
«Quyosh tushmaydigan” qutbni borib ko’rishni orzu qilgan
bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg’ak
xayoli shimoliy qutbni borib ko’rishni, undagi hodisalar bilan
tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug’ maqsadlarga
erishish uchun Fan va texnika asoslarini amalda egallashi
kerakligini chuqur anglaydi.Buni shoir modelcha yasash
jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda
holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga- qahramonlikka havas
uyg’otadi:
Yosh bo’lsam ham mayliga
Qanot bog’lab uchayin;
Muz sahrosi Qutbning
Sirin men ham ochayin.
Hoy, suyukli modelcham,
Tayyormisan safarga ?
Fikrim senda hamisha,
Kel, uchaylik Shimolga !
Uning «Ona allasi» (1942) qo‘shig‘i o‘z
vaqtida yozilgan qo‘shiq edi.
Uxla, qo'zim, do'ndig'im,
Uxla, mana, chiqdi oy.
Seni sevib, erkalab,
Jo'r bo'ladi menga soy.
Maqtovingni kuylasam,
Yumilmaydi hech ko'zim.
Uzoq tunlar onangga
Yo'ldosh ? yorug' yulduzim.
Uxla, bolam, oyginam,
Kishnab turgan toyginam..
BINAFSHA
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog'imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz,
— Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq,
chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog' aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko'ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!
KAPALAK
Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To'xta, so'zlayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog'chamda,
So'rib gullar sharbatin
O'ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko'chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do'st bilaman o'zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko'zimga.
Ucn, uchaver, uchaver,
Go'zal bog'cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do'st bo'laylik ikkimiz,
To'xta, so'zlayin andak!
G’afur G’ulom
Reja:
G’аfur G’ulоm ijоdidа fоlkоr аn’аnаlаri.
Shе’riy аsаrlаri mаvzusi. Shоir shе’rlаridа fоlklоr
mоtivlаri.
Аdib ijоdining jаnriy ko’lаmi, оbrаzlаrdаgi hаyotiylik.
“Mеning o’g’riginа bоlаm”, “Shum bоlа” kаbi аsаrlаri
tаhlili.
Kichkintoylarning katta shoiri
G‘afur G‘ulom
G’afur G’ulom bolalar
adabiyotining ravnaqiga katta
hissa qo’shgan ijodkorlardan.
O’zining mehnat faoliyatini
pedagoglikdan boshlagan shoir
umrining oxirigacha qalban
eng jonkuyar pedagoglardan
biri bo’lib qoldi. U yosh
avlodni, kelajak farzandlarini
juda sevardi va bu sevgisini
bolalar haqida yozilgan
asarlarida yuksak muhabbat va
cheksiz mahorat bilan
ifodaladi
yoshlar va
o’spirinlarga bag’ishlangan
she’rlari
«Bilib qo’yki,
seni Vatan kutadi”
‘Bari seniki”
“Avval o’qi”
“Oltin medal”
kichik maktab yoshidagi va bog’cha yoshidagi
bolalalarga bag’ishlangan she’rlari
“Ahmad yomon bola emasku,
ammo…”
“Ikki yoshlik”
“O’rdak va Turg’un”
“O’rdak va Turg’un”
“Charog’larim, qarog’larim”
”Nortojining kurak tishi”
“Yasha deyman o’g’lim”
“Buni toping, qizlarim”
“Chitti gul”
“Siz mening yoshligimsiz”
Shoirning "Uylashni urganamiz" she'ri xalq og'zaki ijodiga juda
yaqin turadi, misralar oddiy, sodda so'zlardan tashkil topgan. Bir
qaraganda, ma'no va mazmun ham xuddi shunday tuyuladi.
Ammo sinchiklab o'rganadigan bo'lsakhar bir misrada,har bir
dialogda bola u yokda tursin xatto kattalarning orzu havaslari bir
butunligicha she'rga kirib qolgandek. Muzqaymogu kugirchoqdan
boshlangan shirin uy hayol katta orzuga aylanadi. Zotan orzu
yarim dunyo hisoblanadi.
Shoirning "Oq terakmi ko'k terak" she'riham bog'cha yoshidagi
bolalarga quvonch ulashib kelmoqda. Bir necha avlod bu she'rni
o'qib yodlab, qushiq qilib aytib kamol topgan. Asarda tilga olingan
Aqbar, Tulkin, Xayri, Erkinlar hozir bobo, buvi bo'lishgan.
Xususan, 4-sinf “O’qish
kitobi” darsligida berilgan
she‘rlari , topishmoqlari
o’quvchilar qalbidan o’z
o’rnini topgan. Shoirning
«Oq terakmi, ko’k terak”
she‘ri mudom boshlang’ich
sinf o’quvchilariga zo’r
quvonch ulashib kelmoqda.
„Ona“ she’ri
G‘afur G‘ulom bolalar va yoshlarni
kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehrmuhabbatli
qilib
tarbiyalash
mavzusida anchagina she’rlar yaratdi.
Shulardan biri „Ona“ she’ridir. Shoir
unda bag‘ri ufqlardan ham keng
onaning lirik obrazini yaratadi. Shoir
she’rda onaga murojaat etib, uni qoya,
yuksak tog‘, chaman bog‘ hamda
quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan
yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda
onadan ulug‘ zot yo‘q!
“Nortojining kurak tishi”
Oldingi to’rtta kurak tishining
Sog’i yo’q – hammasi chirik, darz ketgan.
Ba‘zisi juda past, ba‘zisi baland,
Ba‘zisi lab yular-misli tikan.
Nortoji o’zi sho’x, erinchoq bolaYuzini haftada arang yuvadi.
Ko’cha ham kuylarda chang tuproq kechib,
“Olapar”, “To’rtko’z”ni doim quvadi.
G‘afur G‘ulom
Shoir bolalarga yetimlik nimaligini tushuntirar ekan, uni
o'zining achchiq yetimlik hayotini eslash orqali asarning
ta'sir kuchIni oshirishga erishgan. G'.G'ulomning bu
she'ri vatanga sodiqliq, sadoqat vatanparvarlik hamda
bosqinchilarga nafrat tuygularini tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega bo'lgan barkamol asardir.
Urushdan keyingi tinch qurilish davrida G'.G'ulom
bolalar uchun "She'rlar" (1956), "Tongotar qo'shig'i"
(1959), "Bari seniki" (1953), "Mening ug'rigina bolam"
(1965) asarlarini yaratdi. G'.G'ulom bu davr ijodida
bolalarning o'ziga xos orzu umidlari, yuksak ma'naviy
olami, odob axloqi, o'qish va intilishlarining asosiy
mavzuga aylandi.
G’afur G’ulomning bolalar nasriga
qo'shgan hissasi
G'afur G'ulom "Shum bola" qissasini salkam
yigirma besh yil ishladi", - deb yozadi Said
Ahmad. Shum bola” qissasi tom ma’noda
avtobiografik asar bo`lib, unda urush
yillaridagi og`ir ahvol, bolalarning qarovsiz
qolib ketishi chiroyli tarzda tasvirlab beriladi.
Bu asarning bosh qahramoni Qoravoy
muallifning aksi sifatida tasvirlanadi.
“Shum bola”
Adibning “Shum bola”
qissasida o’zbek xalqining
o’tmishdagi og’ir hayoti,
xususan, o’smirlarning
qarovsizligi, ularning bir
parcha non deb darbadar
kezishlari achinarli
nasvirlansa, ba’zi
obrazlarning harakatlari
kulgi ostiga olinadi
“Shum bola” kinofilmidan lavhalar
Qissaning tarbiyaviy-estetik ahamiyati
Qissa dastlab 1936 yilda “Shum bolaning sarguzashti”
nomi bilan “Mushtum” jurnalida chop etildi. Keyin
“Dobdirash” deb o’zgartirdi. Har ikkala bo’lim yaxlit
ko’rinishda 1938 yili “Shum bola” nomi bilan kitob
holida bosilib chiqdi. Yozuvchi asarning boshidan
oxirigacha latifalardan, xalq ertaklari va hikoyalaridan,
askiyalarida unumli foydalandi. Shum bola dovyurak va
chaqqon, u mehnatkash xalq vakili sifatida gavdalanadi.
Sariboy, Azimxo’ja, Bo’riboyvachcha, Qoraxo’ja kabi
salbiy obrazlarga qarama-qarshi qo’yiladi. Bu qissaning
tarbiyaviy-estetik ahamiyati katta.
«Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi
haqida
Bu voqeiy hikoya 1965 yilda yozilgan. Unda 1917 yillar voqealari aks etgan, o‘g‘rini insofga keltirgan Roqiya
bibi obrazi berilgan. Hikoya «Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil o‘n yettinchi yilning
ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik...» degan gaplar bilan boshlanadi. Asarda
Roqiyabibi o‘g‘riga qarata: «Tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko‘ziday non anqonga shapig‘ (tirikchilik og‘ir
bo‘lib qolgan). Ro‘zg‘orda bo‘lsa, ko‘z ko‘rib, qo‘l tutguday arzigulik buyum qolgani yo‘q. Bir chekkadan sotib
yeb turibmiz. «Turib yeganga turumtog‘ chidamas», deganlar. Zamon qattiq, o‘g‘rigina bolam, zamon qattiq!»
deganda, unga javoban o‘g‘ri: «Mening ham ikki bolam, xotinim, bitta kampir onam bor, bir tovuqqa ham
don kerak, ham suv kerak, deganlaridek, shularni boqishim kerak, to‘rtta chavati non topish uchun o‘zimni
o‘tga, cho‘qqa, Alining tig‘iga uraman. Zamon chappasiga ketdi. Kerinska poshsho bo‘lgandan keyin urush
to‘xtaydi degan edilar. Hali-beri to‘xtaydigan ko‘rinmaydi» - deydi.
Hikoya ikki nochor odamning bir-biriga arz-holigina bo‘lib qolgan emas, balki muloqot asnosida ayon
bo‘ladiki, ular o‘z taqdirlarida xalqning ahvol-ruhiyatini jamuljam etganlar. Bu hol hikoyaning ma’no
salmog‘ini, jozibasini oshirgan.
G‘afur G‘ulom
Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G'.G'ulom
o'zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali
hissa qo'shdi.
G'.G'ulom qilgan xizmatlari uchun O'zbekiston
fanlar Akademiyasining haqiyqiy a'zosi bo'ldi,
Davlat mukofati Laureati bo'lib bir qancha
ordenlar bilan taqdirlandi.
1963 yil may oyida shoirning 60 yoshga to'lishi
munosabati bilan unga "O'zbekiston xalq shoiri"
degan faxriy unvon berildi.
Adabiyotlar
1. S. Jahongirov . O’zbek bolalar folklori.T.1974
2. O‘zbek bolalar antologiyasi. She’riyat. 1-qism. –
Sharq. –T.: 2006.
3. O‘zbek bolalar antologiyasi. Nasr. 2-qism. –
Sharq. –T.: 2006.
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_wra
pper&Itemid=388
Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: O`qituvchi,
2002.
08.04.2015
44