Ko`chirib olish

Download Report

Transcript Ko`chirib olish

MUQIMIY
(1850 - 1903)

Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li
Muqimiy 1850 yilda Qo‘qondagi
Begvachcha mahallasida novvoy
oilasida tug‘ildi. Otasi Mirzaxo‘ja asli
toshkentlik, onasi Bibioysha Xo‘jandlik
edi. Muqimiyning she’rga havas
qo‘yishida onasining xizmatlari katta.
Bo‘lajak shoir dastlab o‘z
mahallasidagi Mulla Abduxalil domla
maktabida, so‘ngra Qo‘qon
madrasasida, 1872-73 yillarda esa
Buxorodagi «Mextar oyim»
madrasasida o‘qiydi. 1876 yilda
Muqimiy o‘qishni tamomlab, Qo‘qonga
qaytadi va Sanambibi degan qizga
uylanadi. Boshiga oila tashvishlari
tushgach, u avval Qo‘qon yer
mahkamasida mirzolik, Oqjar
qishlog‘ida paromda pattachi, xattot
bo‘lib ishlaydi.
Asarlari
• «Navbahor», «Aroba», «Toleim», «Kim desun», «Zulm
ila qahru g‘azab», «Podshoh yo‘qlatsalar nogoh, gado
deb axtaring» (Muqimiyning zamon, turmush
adolatsizliklaridan, taqdirdan shikoyat mazmunidagi
hasbi hol g‘azali), «To‘y», «Dar shikoyati Laxtin»
(yulg‘ich, uchar hajv qilingan), «Voqeai ko‘r Ashurboy
hoji» kabi she’rlari. «Tanobchilar», «Moskovchi boy
ta’rifida» kabi satiralari, «Sayohatnoma» (rajazi
murabba’i solim vaznida yozilgan, jami 244 misra) asari,
«To‘yi Iqonbachcha» hajviyasi, «Hajvi Viktor boy», «Hajvi
Viktor» kabi muxammaslari, o‘z davri uchun yangi
bo‘lgan «Ta’rifi pech», «Saylov» she’rlari, ma’lum bir
munosabat bilan yozgan «Bezgak», «Ta’rifi Favti Noibi
Toshkandiy» kabi asarlari va boshq.
TOLEIM
Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim,
Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim.
Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g’am,
Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.
Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot,
Ro’yigardon teskari, tobora badtar toleim.
Ro’zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
Bo’lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?
Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
Daf’atan ikki qulog’ini qilur kar, toleim.