Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarning og`

Download Report

Transcript Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarning og`

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Boshlang’ich sinf o’qish
darslarida o’quvchilarning
og’zaki nutqini o’stirish
usullari
2 soat amaliy
Ma’ruzachi: S.Boltaboyeva
Andijon – 2012 y.
Maqsad: Tinglovchilarga mavzu haqida to’la ma’lumot berish.
Ko’rgazma: Mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Kutilayotgan natija: O’qish darslarining sifat va samaradorligini
oshirish, og’zaki nutqqa e’tibor berish.
Tayanch iboralar: Janr, analitik, sintetik, avtomatlashgan.
REJA
1. O’qish darsiga qo’yilgan talablar.
2. O’qish darsining mazmuni va vazifalari
3. Yaxshi o’qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari.
4. Janr xususiyatlariga ko’ra o’qish darsi
turlari.
O’QISH DARSIGA QO’YILGAN TALABLAR
1. O’quvchilarning ongli, to’g’ri, ifodali, tez va ichdan o’qish malakalarini
shakllantirish.
2. Turli janrdagi asarlar (ertak, hikoya, she’r, masal, topishmoq, maqol)
larni farqlash, qatnashuvchilarning hatti-harakatlari maqsadini
anglash, voqea-hodisalarning sabab-natijali bog’lanish mohiyatini
tushunishga o’rgatish.
3. Badiiy asar g’oyasi va syujetining to’g’ri idrok etirishini ta’minlash.
4. Badiiy matnlardagi tasviriy vositalarni o’zlashtirishni ta’minlash:
og’zaki bog’lanishli nutqni o’stirish, qayta hikoyalash malakalarini
shakllantirish, kitobga havasini kuchaytirish.
5. Badiiy asar mazmuni va g’oyasi asosida o’quvchilarning fikrlash
darajasini o’stirish: ularni yuksak axloqiy ruhda (to’g’rilik, halollik,
kamtarlik, samimiylik, fidoiylik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mardlik
ruhida) tarbiyalash.
O’qish darslarining mazmuni vazifalari.
O’qish darsi o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish, ta’lim-tarbiyani amalgam
oshirish hamda o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi hususiyatlari bilan
boshqa o’quv predmetlari orasida aloqada o’rin tutadi. O’qish darslarida berilgan
mavzularning ketma-ketligi sinfdan-sinfga ko’chish bilan chuqurlashtirilib boriladi.
O’qish darslarida ta’lim-tarbiya vazifalari o’quvchilarga bilim-ko’nikmalarning ma’lum
kompleksini egallatishni, komil insonni shaxsiy sifatlarini shakillantirish bilan bog’lab
amalgam oshiriladi.
O’qish darslarda berilgan Vatan haqidagi mavzularda Vatan bu er, suv, o’rmon, tog’, dalagina emas, balki avvallo o’z
mehnati bilan el boyligiga boylik qo’shuvchi, xushchaqchaq,
erkin hayot yaratuvchi o’z kuci va hayotini ayamasdan
dushmanlardan ona yerini himoya qiluvchi kishilar xalq
ekanini tushunishga erishadilar.
Tabiat va kishilar mehnati haqidagi yuksak badiiy asarlarni
o’qib taxlil qilish bilan bolalar o’z bilimlarini borliq haqidagi
yangi ma’lumotlar bilan boyitadilar, ularda tabiatga
muhabbat
tarbiyalanadi,
ular
tabiat
boyliklariga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga odatlanadilar.
Vatan posbonlari, o’tmishni o’rganish burchimiz bo’limiga
oid materiallar o’quvchilarni juda ko’p voqea-hodisalar bilan
tanishtiradilar.
Vatanimiz
qaxramonlari,
vatan
posbonlarining kuch-qudrati haqida bilimga ega bo’ladilar
va vatanga bo’lgan sadoqati, muhabbati ortadi. Jaloliddin
Manguberdi va Shiroqdek qo’rqmas, botir bo’lib yetishishga
undaydi.
O’quvchilarni axloqiy va estetik tarbiyalash “Go’zal fazilat-inson husni”
mavzusida boy materiallar berilgan. Bolaga quruq nasihat qilish emas, balki
ma’lum fazilatlarni keltirib chiqaradigan aniq hayotiy vaziyat yaratish hal qiluvchi
tasir ko’rsatadi. Badiiy adabiyot o’quvchilarga kuchli tasir etadi, ularda
qatnashuvchi shaxslardan biri tomonida turib voqealarga ishtirok etish xoxishini
uyg’otadi. Asarni o’qish va taxlil qilish o’quvchilarda qatnashuvchilarning hattiharakatini ijobiy va salbiy tomondan baholash ko’nikmasini shakllantirishga,
shaxs sifatida uning o’sishiga yordam beradi.
Shunday qilib o’qish darslarining ta’lim-tabiyaviy ahamiyati bir-biri bilan uzviy
bog’langan.
Sinfda o’qish darslarining vazifasi quyidagilar:
1. O’qish malakasini takomillashtirish. O’quvchilarda ya’ni o’qish
sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga,
undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob
bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi sermulohaza kitobxonlarni
yetishtirish.
3. O’quvchilarda atrof muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida
tabiyalash.
5. O’quvchilar nutqi (asosan og’zaki nutqi)ni va tafakkurini o’stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Yaxshi o’qish malakasining sifatlari
tez
to’g’ri
ongli
ifodali
O’qish malakasini takomillashtirish deganda esa o’quvchilarda
o’qish malakasini shakllantirish tushuniladi. O’qish sifatlari bir-biri bilan
o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ongli o’qish asosiy hisoblanadi: o’quvchi tez
o’qisa-yu, anglab o’qimasa, o’zi ham, boshqalar ham tekst mazmunini
tushunmaydi; to’g’ri o’qish ham ongli o’qishga xizmat qiladi: to’g’ri, tez va
ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
Yaxshi o’qish malakasini egallash maktabda o’qitiladigan barcha
predmetlardan muvoffaqiyatli o’qishni muhim sharti hisoblanadi. O’qish
faoliyatining asosiy turi bo’lib, O’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik
va nutq jihatidan rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Bular o’qish
malakasini o’stirish va takomillashtirish ustida muntazam va maqsadga
muvofiq ishlash zarurligini ta’kidlaydi. O’qish malakasi murakkab malaka
bo’lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi.
Psixolog T.G.Egorov o’zining “Bolalarni o’qishga o’rgatish psixologiyasi
bo’yicha ocherklar” asarida o’qish malakasini shakllantirish jarayonini uch
bosqichga bo’ladi:
I bosqich
II bosqich
III bosqich
analitik
sintetik
avtomatlashgan
Bu
bosqich
savod
o’rgatish davriga to’g’ri
keladi: bunda so’zni
bo’g’in-xarf tomonidan
taxlil qilish va bo’g’inlab
o’qish
malakasi
shakllantiriladi.
Ushbu bosqich uchun
so’zni sidirg’a o’qish
xarakterlidir:
Bunda
so’zni ko’rish orqali
idrok qilish va uning
talaffuzi so’z ma’nosini
anglansh bilan asosan
mos keladi. O’qish so’z
ma’nosini idrok qilish
bilan birga amalga
oshadi.
O’quvchilar
sintetik o’qishga 3sinfda o’tadilar.
Keyingi yillarda o’qish
avtomatlasha boradi.
O’qish darslarida asar
ustida
ishlashni
shunday tashkil etish
kerakki,
asar
mazmunini tahlil qilish
ya’ni
o’qish
malakalarini
takomillashtirishga
yo’naltirilsin.
TO’G’RI O’QISH.
To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yangilanmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri
o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik formasini buzmasdan, so’zdagi biror tovush
yoki bo’g’inni tushurib qoldirmay, ortiqcha tovush yo bo’g’in qo’shmay, harflar o’rnini
almashtirmay aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qishdir.
To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga o’quvchining so’z bilan qanchalik tanishligi va
uning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga, so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga ham bog’liq.
O’quvchilar ko’pincha ma’nosini tushunmaydigan so’zlarni o’qishda xatoga yo’l qo’ldilar.
Undosh tovush so’znini o’rtasida va oxirida kelgan (yoqin bo’g’inli) so’zni o’qishda qiylanadilar.
Xato o’qishning oldini olish uchun:
• Tekistni o’qishdan oldin uning mazmunini, tushunishni qiyinlashtiradigan so’zlarning leksik
ma’nosini tushuntirish.
• O’qilishi qiyin bo’g’inli yoki morffemik tarkibli so’zlarni tekistni o’qishan oldin bo’g’inlab
o’qitish:
• Vazifalarni tushunarli qilib topshirish orqali darsda tekistni diqqat-e’tibor bilan o’qish uchun
sharoit yaratish.
• Oldin tekistni ichda o’qish.
• Tekstt mazmunini tushunish va ovoz chiqarib o’qishga tayyorlanish maqsadida,
O’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning o’qishini muntazam
teksthirib turish.
• Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish, masalan o’quvchi so’z
oxiridagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, o’quvchini o’qishdan to’xtamasdan xatoni to’g’rilash
mumkin: xato o’qish bilan gapning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usuludan foydalaniladi
o’qilgan, tekstt mazmuni yuzasidan savol beriladi, o’quvchi qo’yilgan savolga javob berish
uchun gapni ehtibor bilan qayta o’qiydi.
TEZ O’QISH.
Tez o’qish normal tezlikda o’qish demakdir. Normal tezlikda o’qish tekist mazmunini
tushunishni, o’qishning ongliligini ta’minlaydi. Juda tez o’qish yoki o’ta sekin o’qish tekist
mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. O’qish tezlgi barminutda o’qshadigan so’zlar soni bilan
belilanadi. prorammaga asosan o’qish tezligi.
1-sinf oxirida minutiga – 30 – 40 so’zga
2-sinf oxirida
- 60 – 70 so’zga
3-sinf oxirida
- 70 – 90 so’zga
4-sinf oxirida
- 90-120 so’zga
O’qish tezligi uch yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq xolda asta ortib boradi.
O’qish tezligini teksthirganda O’qituvchi o’qiladigan materialning xarakterini, ya’ni g’oyaviytematik murakkabligini, so’z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qaydaraja
ishlatilishni, shuningdek o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi.
O’quvchilarning o’qish yezligini bir xillikka keltirish uchun ovoz chiqarib o’qishni mashq
qilish bilan erishiladi. O’qish tezligi ortishiga avvalo, O’quvchilarning o’qishga qizqishi, xohishi
yordam beradi. Bundan tashqari dialogni ikki o’quvchi o’qitish, tekstt qismlarini navbat bilan
o’qitishdan foydalanish ham o’qish tezligini oshiradi.
ONGLI O’QISH.
Ongli o’qish ya’ni o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan tekistning aniq
mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishni, obrazlarini va badiiy vositalarning rolini tushunib
o’qish, shuningdek, asarda asvirlangan voqea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir.
Ongli o’qish, o’z navbatida, O’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksin ma’nosini,
gapda so’zlarning o’zaro bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq.
Hozirda ongli o’qish termini ikki ma’noda: birinchidan, o’qish texnikasi, ikinchidan, o’qish
sifatlaridan biri mahnosida qo’llaniladi.
Teksttni ongli o’qish uchun O’quvchilar o’qish texnikasini egallagan bo’lishlari va o’qish
jarayonida qiynalmasligi, normal tezlikda o’qish talab qilinadi. Ular teksttni ongli o’qishlari
uchun tekstt mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
SHunday qilib, ongli o’qishning muhim sharti asarning qurilishi va mazmunini tushunish
hisoblanadi.
IFODALI O’QISH.
Ifodali o’qish intonatsiya yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi
niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir.
“Ifodali o’qish adabiyotning konkret va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy
formasidir” deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova.
Demak, Ifodali o’qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini
intonatsiya orqali O’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy printsipi
o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.
Intonatsiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari (urg’u, nutq tempi va
ritmi, pauza, ovozning past-balandligi)ning yig’indisidir.
O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:
1. Nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilish (nafasni taqsimlay bilish).
2. Har bir tovushning to’g’ri artikulyatsiyasi va aniq diktsiya (burro gapirish) malakasini
egallash.
3. Adabiy talaffuz normalarini egallash.
Bu shartlar faqat o’qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham
taalluqlidir.
Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog’lanadi.
Shuning uchun O’qituvchi bolalarni ifodali nutqqa o’rgatayotganda o’z nafaslarini
boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi balandpast, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsiz xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Ifodali o’qishga o’rgatishda O’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o’qishga tayyorlanish
3 bosqichga bo’linadi.
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashga
shaxslarini xat-xarakatini taxlil qilish, asarning g’oyasini
belgilash, ya’ni asarning g’oyaviy-tematik, uning obrazlarini
badiiy vositalar bilan yaxlit xolda tushunish.
2. Tekstti qayrida pauza qilishni, logik urg’uning o’rnini, o’qish
tempini belgilab olish.
3. O’qishni mashq qilish. Avtor fikrini, uning tasvirlangan voqea
xodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz
bilan bera olish uchun tekstni qayta o’qish.
O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun
asarni o’qituvchining ifodali o’qishi muxim axamiyatga ega.
O'qish kitobidagi turli janrlarga xos bo’lgan badiiy asarlarni
o'qish va ustida ishlash orqali o'quvchlarning borliq, vo’qelik
haqidagi tasavvur tushunchalari kengayadi.
Boshlang’ich sinf o'qish kitobi darsligi turli bo’limlardan
iborat bo’lib, janr xususiyatlariga ко'га dars turlari
belgilanadi.
Kirish
darslari
Hikoya
o'qish
darslari
Ilmiy-ommabop
maqola о’qish
darslari
DARS
TURLARI
She’r o'qish
darslari
Umumlashtiruvchi
darslari
Masal o'qish
darslari
Ertak o'qish
darslari
Boshlang’ich sinf o'qish kitobi darsligi turli
bo’limlardan iborat bo’lib, janr xususiyatlariga
ко'га dars belgilanadi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Kirish darslari.
Hikoya o'qish darslari
She’r o'qish darslari
Ertak o'qish darslari
Masal o'qish darslari
Ilmiy- omabop maqola о’qish darslari
Umumlashtiruvchi darslari.
КIRISH DARSLARI
Kirish darsi yangj bo'lim. Uning mavzusi, asosiy
g’oyani о’rganishdan ko'zlangan maqsad haqida
oqituvchinmg kirish so'zi.
Masalan: 3 - sinfda "Ona bitta, vatan yagona"
bo’limi kirish darsni quyidagicha boshlash mumkin:
Vatan haqida tushuncha, vatan qaeyrdan
boshlanadi,
mustaqillik
haqida
mustaqillik
ne'matlari, erishilgan yutuqlarimiz, Vatanimiz
ramzlari, va Vatan haqida she’r, qo’shiqlar, vatanni
sevish, tuprog'ni ko’z qorachig'iday asrash kabi
g'oyalar atroflicha tushunladi.
HIKOYA O'QISH D A R S I .
1. O'quvchlarning darsga tayyorgarliklarini ko'rib chiqish.
2. O'quvchilarning uy vazifalarni qand bajarganilklarni hisobga olish,
kamchiliklarini to'ldirish, umumlashtirish va baholash.
3. Darsda o'iganiladigan hikoya mavzusni va uni avtorini e’lon qilish.
Avvalgi darslarda shu avtorning asari o'rganilgan bo’lsa eslatiladi,
birinchi marta bo'lsa portireti ko'rsatilib, avtor haqida qisqacha
ma’lumot beriladi.
4. Hikoya tekstti o'qituvchi tomonidan o'qilib mazmuni tushuntiriladi
(3-4sinfda o'quvchilar o'qiydilar).
5. Lug'at ishi notanish so'zlaraing ma’nosi tushuntiriladi.
6. Hikoya yuzasidan suhbat
7. Qayta hikoyalash
8. Hikoya
yuzasidan
o’quvchilar
fikrini
to'ldirish,
umumlashtirish.
9. Uy vazifasini tushuntirish.
SHE’R O’QISH DARSLARI
"O'qish kitobi darsliklarida berilgan
she’rlar epik va lirik usulda berilgan.
Epik she'rda voqea - xodisalar hikoya
qilinadi, lirik she’rda kishilarning histuyg'ulari hamda hayajonlari ifodalanadi.
Epik she'rniag mazinuni ustida ishlashga
etibor berilsa, lirik shr'rni ifodali o'qish va yod
olinadi.
ERTAK O’QISH DARSI
O'quvchilar ertak o’qishga juda qiziqadi, chunki ertak
sodda, ravon tilda yoziladi. Ertak oxirida qahramonlar
murod -maqsadlariga yetadilar. Ertaklai 2 xil yo’l bilan
boshlanadi.
1. Bir bor ekan, bir yo'q ekan qadim zamonda bir boy
bo’lgan ekan.
2. Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, bo’ri
bo’kovul ekan, tulki yasavul, ekan qarg'a qaqimchi
ekan …. …. …
Ertaklar janr hususiyatlariga ko’ra turlicha beriladi.
She’riy ertaklar ko'proq ifodali o'qiladi hikoya tarzidagi
ertaklar taqqoslash, tushuntirish usulida o’rganiladi,
dialogli teksttlarni rollarga bo’lib o’qitiladi.
MASAL O’QISH DARSI
Masal o'qish darsida inson hayoti va
faoliyatidan olingan voqea xodisalar hayvonlar
parandalar, hashoratlar va o’simliklar tmonidan
ifodalanganligini o'quvchilar ongiga etkazish
maxim o'rn tutadi.
Masalda kishilar
qatnashmaydi
faqat
qushlar, hayvonlar, parrandalar qatnashadi.
Shuning uchun majoziy obraz deyiladi. Masal
o'qish darsi ham ertak o'qish darsiga o'xshash
holda olib boriladi.
ILMIY OMMABOP MAQOLA O’QISH
Darslikda vatanimiz tarixiga oid, fan va texnikaning
ravnaqi,kishilarning mehnat muvaffaqiyatlari va
boshqa
masalalarni yorituvchi ilmiy-ommabop
maqolalar ham berilgan. Voqea xodisalar fakt va turli
ommaviy tilda yoritiladi.
UMUMLASHTIRUVCHI DARS
Bu darsda o'quvchilar bilimi sistemaga solinadi,
tasavvurlarini kengaytirish, o’rganilgan materialni
taqqoslash bilimlarini mustahkamlashga yordam
beradi. Umumlashtirivchi dars suhbat usulida olib
boriladi va o’zlashtirishi past o’quvchilarga alohida
e’tibor beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.Yusupov
O’qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish
Toshkent “O’qituvchi” 1994 yil
2. SaImomxo’jayev, A.Zununov
Ifodali o’qish asoslari. Toshkent, 1978 yil
3. K.Jo’rayev
Ifodali o’qish va hikoya qilish. Toshkent, 1968 yil
4.Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv
dasturi. “Ta’lim taraqqiyoti” 7 maxsus son, Toshkent
“Sharq”, 1999 yil
5.K.Qosimova
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi
Toshkent, “O’qituvchi” -1985 yil
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT!