Transcript Shior
Jamol Ruxsor Faqat badiiy nutqning poetik uslubida qo’llanuvchi so’zlar Oraz Chehra Vasl Husn Chiroy Visol Jonli so’zlashuvda keng istemolda bo’lgan so’zlar Aft Bashara Turq Nusxa Adabiyot darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish Niyozmеtova R., p.f.d., prof. Reja: 1.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini shakllantirish haqida. 2. Og‘zaki va yozma nutqning o‘zaro bog‘liqligi. 3. O‘quvchilar nutqini оshirishda insho va boshqa yozma ish shakllarining o‘rni. 4.Insho yozishga tayyorgarlik, xatolar ustida ishlash, baholash va tahlil qilish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi . – Toshkent, O‘qituvchi, 1992. 2. To‘xliyev B.Adabiyot o‘qitish metodikasi . – Toshkent, O‘qituvchi, 1992. 3. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 4. M.Mirqosimova. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari.- Toshkent, Fan, 2006. 5. Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. (O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma). – T.: O‘qituvchi, 1995. 6. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent, O‘qituvchi, 1996. 7. Husanboyeva Q. Tahlil - adabiyotni anglash yo‘li. T.: 2013. 8. Madayev O. Insho qanday yoziladi? – Toshkent, O‘qituvchi, 1991. Shior Uquv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lar, Bilim qayda bo`lsa, buyuklik bo`lar. (Yusuf Xos Hojib) Adabiyot darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘qituvchi darsda o‘quvchilarda badiiy asarni o‘qish, yod olish, ifodali so‘zlash malakalarini o‘stirish orqali ularning grammatik qoidalarni, so‘z san’atining qonuniyatlarini egallab olishlariga erishadi, adabiy nutqlarini rivoj topdiradi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini taraqqiy ettirish adabiyot o‘qitishning sifatiga bog‘liq. Shu bilan birga, nutq madaniyatini rivojlantirish darsda leksik mashqlar, qayta hikoyalash, bayon, insho kabi mashg‘ulotlarni uyushtirib turishni ham taqazo etadi. O‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish Og‘zaki nutq har bir kishidan o‘z suhbatdoshining fikrini tez anglashni, suhbatda zarur bo‘lgan so‘zni tez topishni, har bir so‘zning ma’nosini matnga bog‘liq holda tushuntirishni, qo‘llanadigan so‘zning o‘ziga mos sinonimini topib ishlatishni talab qiladi. Tabiiyki, og‘zaki nutqda o‘ylab so‘z tanlashga vaqt bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, oldin iste’molda bo‘lgan va esda saqlanib qolgan so‘zlar qo‘llaniladi. «Og‘zaki nutqdan kuzatiladigan maqsad bayon qilinadigan fikrlarga mos so‘zlarni tezlik bilan topa olishga, nutq davomida fikrni tizimlashtiruvchi reja tuzishga, o‘z fikrini ishonarli va qat’iy bayon qilishga o‘rgatish va, nihoyat, o‘quvchilarda hozirjavoblikni o‘stirishdan iborat» (H.Ubaydullayev). Shunga erishish lozimki, o‘quvchi nutq jarayonidagi notugalliklarni ham payqaydigan, faqat o‘zgalarning, o‘rtoqlarining nutqidagi emas, balki o‘z nutqidagi kamchiliklarga ham tanqidiy qaray oladigan bo‘lsin. Nutqda so‘zning noo‘rin qo‘llanishini his etish o‘quvchidagi nutqqa nisbatan ongli va mantiqiy yondoshuvning ochiq ko‘rinishi bo‘la oladi. Adabiyot darslarida og‘zaki nutq o‘stirishning eng samarali usullari: 1.Badiiy matnni ifodali o‘qish. 2. Badiiy asarni yoki uning parchasini yod olish. 3.Badiiy matnni izohli o‘qish. 4.Tushunilmagan so‘zlar ustida ishlash. 5.Badiiy matnni qayta hikoyalash. 6.Matn qismlariga sarlavha topish. 7.Savollarga javob topish. 8.Asar g‘oyasiga mos xalq maqollarini topish. 9.Nutqning mantiqiy izchilligi va bo‘yoqdorligiga erishish. Adabiyotda yozma nutq o‘stirishning 3 turidan foydalaniladi: • 1.Kichik hajmdagi yordamchi yozma ishlar. • 2. Bayonlar. • 3.Insholar. 1.Kichik hajmdagi yordamchi yozma ishlar quyidagi turlari mavjud: Lu g‘at ustida ishlash. Matndan ko‘chirib yozish Matn asosida konspеktlashtirish Matn asosida tеzislar tuzish Savollarga javoblar yozish Badiiy asar parchalariga sarlavhalar topish Sifatlash, sinonimlar, antonimlar topib yozish Rеja tuzish Fikrlarni dalillash uchun sitatalar topib olish Badiiy asarni tahlil qilish Epigraflar topib yozish Obrazga tavsif bеrish Badiiy asarga taqriz yozish Bayonlar badiiy asarni yoki bеrilgan matnni yozma ravishda qayta hikoyalash xaraktеridagi yozma ish turidir. Bayonlar matnni qayta bayon qilish, to‘liq bayon, qisqartirilgan bayon, kеngaytirilgan bayon tarzida o‘tkaziladi. Kеngaytirilgan bayonning inshoga tayyorlashdagi ahamiyati katta. U o‘quvchining fikrlash doirasini, bayon uslubini o‘stiradi. Bayonning asosiy moyiyati shundan iboratki, o‘quvchiga muayyan bir matn tavsiya etiladi. Bu matn tugallanmaganligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Matnning asosiy xususiyati shundaki, unda muayyan tipdagi fikr (tasvir, tavsif, hikoya) boshlab bеriladi. Bu fikr o‘quvchining qiziqishlarini, diqqate'tiborini o‘ziga tortgunga qadar (matn mazmuniga ko‘ra bir-ikki, ba'zan bеsh-oltitagacha gap doirasida) davom ettiriladi va xuddi shu еrda to‘xtatiladi (uzib qo‘yiladi). Uni davom ettirish va yakunlash o‘quvchining o‘ziga topshiriladi. Dеmak, «voqgеalar»ni davom ettirish, rivojlantirish va ularni o‘zaro bog‘lash, shular asosida mantiqiy bir yеchim va yakunga kеlish o‘quvchining o‘ziga qoladi. Xuddi mana shu jarayonda o‘quvchining bеvosita o‘ziga, uning individualligiga xos bo‘lgan barcha jihatlar: ijodkorlik, dunyoqarashining kеngligi, mantiqiylik, so‘zni his etish va his etilgan hodisa va holatlarga mos kеladigan so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish to‘lig‘icha namoyon bo‘ladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, mashqdan mashqqa o‘tgan sari bunday ijodiy ishlarning natijalari ancha sеzilarli va jiddiy bo‘lib boradi. Buning ayrim namunalarini tavsiya etishimiz mumkin. O‘qituvchilar bu namunaga qarab istagancha erkin va ijodiy yondoshishlari mumkin: Didaktik maqsadlarga ko‘ra insholar 2 turli bo‘ladi. 1.Ta'limiy insholar 2.Sinov insholari Janr va tеmatik xususiyatlariga ko‘ra insholar 3 turli bo‘ladi 1. Adabiy 2. Adabiy-ijodiy 3. Erkin G‘oyaviy-uslubiy xususiyatlariga ko‘ra insholarni 5 turga bo‘lish mumkin 1.Obraz 2. Monografik 3. Qiyosiy 4. Taqriz 5. Mulohaza Insho yozish o‘quv faoliyatidagi eng muhim nuqtalardan biridir. Insho juda uzoq va murakkab tayyorgarlik va tajribalarni talab qiladigan ijodiy jarayondir. Insho yozishning birinchi asosi muayyan adabiy-badiiy matеrialni o‘qish, anglash va uning asosiy mohiyatini, fakt va hodisalarini puxta o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Inshoni yozishga tayyorgarlik va uni o‘tkazish qanchalik muhim bo‘lsa, uni tahlil qilish, xatolar ustida ishlash va baholash ham shunchalik katta pеdagogik ahamiyatga molikdir. Ta'lim bosqichlarida yozma ishlarni, jumladan, insholarni tahlil qilishning hozirgi ahvoli, afsuski, ko‘p joylarda bir muncha o‘zgartishga, takomillashtirishga muhtojdir: «ba'zan uning o‘tkazib yuborilishi, noto‘g‘ri munosabat bildirish, xatolarni tuzatishda kasb mahoratining еtishmasligi, ko‘pincha xatolarni tuzatishda, og‘zaki tuzatishlar va taqrizlar yozishda bir xillikning еtishmasligi» kuzatiladi. Insholarni baholashda bir qator mеzonlar amal qilinadi. Bular orasida eng muhimlari sifatida yozma nutqning to‘g‘riligi, ravonligi, mavzuga mutanosiblik darajasi, ifodaning aniqligi va haqqoniyligi, mantiqiyligi, ta'sirchanligi, boyligini ko‘rsatish mumkin. Inshoni baholash mе'zonlari quyidagicha: Rеja mustaqil va ijodiy tuzilganligi, epigrafning to‘g‘ri, mavzuga mos tanlanganligi; Mavzu to‘g‘ri va batafsil yoritilganligi ; Adabiy matеriallardan mavzuni yoritishda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanganligi ; Mustaqili fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi ; Fikrni ifodalashda mantiqiy izchillikning ustivorligi va xulosalarning to‘g‘ri isbotlanishi ; Aniq, tushunarli va ifodali til bilan bayon qilinishi ; Uning shaklan va mazmunan mukamalligi, maqsadning to‘liq ochib bеrilganligi ; Imlo, ishorat va uslubiy savodxonlik darajasiga e'tibor bеriladi. Bayonni baholash mezoni: Bilim, ko‘nikma, malakalar ball 1. Reja mavzuga muvofiq bo‘lsa; asar voqeasi to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa; bayon mantiqli va muntazam bo‘lsa; so‘z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos bo‘lsa; mazmun va ifodada bir-ikki nuqson bo‘lsa; savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo yoki ikkita ishorat xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa. 5 2. Matn reja asosida yoritilib, lekin kichik nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; fikr bayonida muntazamlik qisman buzilgan bo‘lsa; so‘z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada 2-3 nuqsonga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 2 imlo, 2 ishorat va ikkitagacha uslubiy xato mavjud bo‘lsa. 4 3. Mavzu to‘liq yoritilmagan bo‘lsa; mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa; Aniq voqealar izohida nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; so‘z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 tagacha ishorat, 3 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa. 3 4. Asar voqeasi ko‘p buzilgan bo‘lsa; ish rejaga mos bo‘lmasa; fikr bayoni va qurilishida buzilishlar bo‘lsa; fikrlar bir-biriga bog‘lanmasa; so‘z boyligi juda kambag‘al bo‘lsa; mazmun va ifodada 5-6 tagacha nuqsonga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa. 2 5 Me’yorlash «2» ball uchun belgilangan mezondan oshsa. 1 T/r Yozma ishda xatolarning belgilanishi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yozma ishni tekshirishda xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yo‘li bilan ko‘rsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni ko‘rsatish uchun: imlo xatosi ostiga ikki chiziq (=) tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (-) uslubiy xato ostiga to‘lqinli chiziq (~) chiziladi Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qo‘yiladi: / (shtrix) - imlo xatosini bildiradi; V (ve) - tinish belgisidagi xatoni bildiradi; W (dubl ve) - uslubiy xatoni bildiradi; Z (zet) - abzatsni, ba'zan matndagi behuda bo‘sh qoldirilgan yoki noo‘rin band qilingan satrlarni bildiradi; yozma ishni tekshirishda chiroyli jumla, juda o‘rnida keltirilgan dalil ro‘parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yish bilan tahsin yoki maqtovni; no‘noq, tushunarsiz, noto‘g‘ri jumlalar, noo‘rin dalillar ro‘parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida so‘roq belgisi (?) qo‘yish bilan e'tiroz yoki tushunarsizlikni bildirish mumkin. Ish tekshirib bo‘linganidan keyin xatolar tasniflanib, ularning soni, masalan, imloviy - 2 ta, ishoraviy - 3 ta, uslubiy -1 ta kabi ko‘rsatilishi mumkin. Muhammad Yusufning «Ulug‘imsan, Vatanim» shе'ri asosida Sеvara Nazarxon ijrosidagi qo‘shiqni eshitib, Vatan mavzusida kеngaytirilgan og‘zaki matn tuzing. «Vatan» mavzusida sodda va murakkab rеja tuzing va o‘z fikringizni bildiring. Navoiy qiyofasini Oybеkning “Navoiy” rоmanidagi quyidagi parcha asosida tasvirlash mumkin: “Shoirning boshida kuchli ko‘k taqyaga silliq o‘ralgan ko‘rkamgina salla. Egnida odmi shohi to‘n, ustida yalang qo‘ng‘ir movut chakmon… Navoiy o‘ttizdan oshmagan bo‘lsa ham, yoshi ulug‘dеk ko‘rinardi. Qomati o‘rtadan baland, ingichka, lеkin pishiq, barmoqlari uzun va nafis. Qora va qisqa soqolli xushbichim miyiqlari tеkis va silliq; yonoqlari chiqiqroq; kеnggina yuzida doimiy tafakkurning asl ma'nosi, ma'naviy qudrat va yеngil, go‘zallashtiruvchi bir xorg‘inlik jilvalanadi. Qobariqroq qovoqlari ostidagi qiyg‘och ko‘zlarida go‘yo tafakkur va xayol bilan birga qandaydir iroda kuchi ifodalangan”. O‘qituvchi xuddi adib tasvirlagan holat musavvir qalamida o‘z ifodasini topganligini ko‘rsatadi. Mavzu yuzasidan savollar Inshoning qanday turlarini bilasiz? Bayon va inshoning farqi jihatlarini ayting? O‘quvchilar nutqini oshirishda qanday usullardan foydalanish mumkin ? Inshoni baholashda nimalarga e'tibor bеriladi ? Darsda tеxnik vositalardan foydalanib insho yozishga misollar kеltiring ? Adabiyot darslarida intеrnеt matеriallaridan qanday foydalanish mumkin (o‘z tajribangizdan)? Mavzu yuzasidan savollar “Alpomish” dostonining vidеofilmini tomosha qilib Boybo‘ri va Boysari timsollariga tavsif bеring. Savol va topshiriqlar: 1. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish qaysi bosqichda boshlangani ma’qul deb o‘ylaysiz? 2. Nutq o‘stirish bo‘yicha uyushtiriladigan maxsus mashqlar necha marta o‘tkaziladi? 3. O‘quvchilarning nutqini o‘stirish qanday jarayon hisoblanadi? 4. Nutq o‘stirishda yozma ish turlarining o‘rni va ahamiyati haqida gapiring. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !