umumiy xulosalar

Download Report

Transcript umumiy xulosalar

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM MUTAXASSISLIGI
MAGISTRANTI
MUSTAFAQULOVA LOBARNING
“BOSHLANGICH SINF O’QUVCHILARI
MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ
OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH” (maqollar,
AYTISHUVLAR misolida)
MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTASIYASI
TAQDIMOTI
ILMIY RAHBAR: dots. N.X.ORIPOVA
“Шуни унутмаслигимиз керакки, келажагимиз
пойдевори билим даргоҳларида яратилади,
бошқача айтганда, халқимизнинг эртанги куни
қандай бўлиши фарзандларимизнинг бугун қандай
таълим ва тарбия олишига боғлиқ.
Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Т.:
Маънавият, 2008, 61 б.
МУНДАРИЖА
Kirish........................................................................................................................................................................
I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MA’NAYIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 .Ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati.......................................................................................................
1.2. Yosh avlod ma’nayiy tarbiyasining tarixiy ildizlari..........................................................................................................
1.3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda xalq og’zaki ijodidan foydalanishning mayjud ahvoli……
1-bob bo‘yicha xulosalar.........................................................................................
II-BOB. XALQ OG’ZAKI IJODI ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MANAYIYATINI SHAKLLINTIRISH
MAZMUNI
2.1. O’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maqol, hikmatli so’z, aytishuvlardan foydalanishning ahamiyati……………
2.2. Xalq o’gzaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari........
2-bob bo‘yicha xulosalar................................................................................
III-BOB. XALQ O’GZAKI IJODI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH
JARAYONINING SAMARADORLIK DARAJASI
3.1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish metodikasi................................
3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili ...........................................................................................................................................
3-bob bo‘yicha xulosalar....................................................................................................................................................
Umumiy xulosalar ...........................................................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................................................................................
Ilovalar ..……....................................................................................................................................................................
TADQIQOTNING MAQSADI
xa’lq og’zaki vositasida kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning mazmuni,
shakl va metodlari, pedagogik tizimini ishlab chiqish
Tadqiqotning ob’yekti
xalq og’zaki ijodi vositasida kichik maktab
o‘quvchilar manaviyatini shakllantirish jarayoni
yoshidagi
Tadqiqotning predmeti
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish mazmuni, vositalari, yo’llari va usullari
Tadqiqotning ilmiy farazi
shundan iboratki, agarda
ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati o’rganilsa va
tahlil qilinsa;
yosh avlod ma’nayiy tarbiyasining tarixiy ildizlari o’ganilsa;
o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maqol, hikmatli so’z,
aytishuvlardan foydalanishning ahamiyati ochib berilsa;
boshlang‘ich ta’lim jarayonida o’quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish bo‘yicha beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar
izchillik asosida olib borilsa;
xalq o’gzaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
ma’naviyatini shakllantirish jarayonining samaradorlik darajasi
aniqlansa, kutilgan samaradorlikka erishish mumkin
Tadqiqotning vazifalari
1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan
asoslash, uning tizimi va xususiyatlarini ishlab chiqish.
2. Dars jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar
ma’naviyatini shakllantirish metodikasini yaratish.
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar manaviyatini
shakllantirishni ta’minlaydigan shakl va metodlar, vositalar ishlab
chiqish, ilmiy asoslash va tajribada tekshirish.
4. Xalq og’zaki ijodi vositasida kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun
metodik tavsiyalar tayyorlash.
Tadqiqotni amalga oshirishda
foydalanilgan metodlar
- boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, o‘quvchilar bilan
mavzu bo‘yicha umumiy, yakka tartibda yozma va
og‘zaki suhbatlar uyushtirish, anketa so‘rovlarini
o‘tkazish;
- maxsus ishlanmalar asosida bajarilgan ishlarni
pedagogik eksperimentdan o‘tkazish;
- tajriba-sinov ishlarini olib borishda zamonaviy
interfaol usullardan foydalanish;
- tajriba-sinov natijalarini matematik-statistik jihatdan
qayta ishlash va umumlashtirish.
Tadqiqotning metodologik asoslari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezidentimiz
I.A.Karimovning ma’naviyat va ta’lim-tarbiya haqidagi asarlari
hamda nutqlari, milliy istiqlol g‘oyasi; asosiy tushuncha va
tamoyillar konsepsiyasi, O‘zbekiston davlatining milliy va
ma’naviy qadriyatlari haqidagi Farmonlari, hukumatimizning
umumiy o‘rta ta’lim haqidagi qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi», boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim
standarti, konsepsiyasi, nutq madaniyatiga oid falsafiy,
psixologik, pedagogik ta’limotlar, mavzuga tegishli ilmiypedagogik, metodik manbalar tashkil etadi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati ilmiy-nazariy
jihatdan asoslab berildi;
- boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish
tizimi va uning xususiyatlari aniqlandi;
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish mashqlari ko‘rsatib berildi;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish
tizimi uni o‘quv–tarbiya jarayonida amalga oshirish uslubiyati
ishlab chiqildi;
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish bo‘yicha dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar
yaratildi
Tadqiqotning nazariy ahamiyati
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirishga oid ilmiy manbalar, adabiyotlarning tahlili
asosida xulosalar ishlab chiqildi.
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar mazmuni,
metodikasi yaratildi.
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirishning ilmiy va amaliy asoslari boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchilariga tavsiya etildi.
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish samaradorligi oshirildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati
olingan natijalar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar
ma’naviyatini shakllantirishga oid ilmiy nazariy ma’ruzalar
tayyorlashda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini
shakllantirish ishlarini takomillashtirishda, ushbu muammo
bo‘yicha ish tajribalarini ommalashtirishda, tarbiyaviy
ishlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va
asoslanganligi
tadqiq etilayotgan muammoning tashkiliy-metodik yondashuv
asosida nazariy va amaliy jihatdan yoritilganligi, tadqiqot ishini
olib borish jarayonida uning maqsadi, vazifalari va amaliy faraziga
muvofiq metodlar majmuidan foydalanilganligi, boshlang‘ich
ta’lim bosqichi o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish uslublari,
shakllari, yo‘llari va vositalari majmui yaratilganligi; tajriba–sinov
ishlarining maxsus dastur asosida tashkil etilganligi va uning
natijalari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllanganlik darajalarini oshishiga ijobiy ta’sir etganligida o‘z
ifodasini topgan
Tadqiqotning bosqichlari
tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi
Birinchi bosqich
(2011-2012 yillar)da izlanayotgan muammo bo‘yicha xalq
og’zaki ijodi namunalari, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining
shaxs ma’naviyati haqidagi asarlari, pedagogik - psixologik va
ilmiy ommabop adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim
dasturlari, metodik adabiyotlar, hujjatlar tahlil qilindi. Ish
tajribalari bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari,
holati aniqlandi, tadqiqot ishining dasturi va metodlari ishlab
chiqildi.
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari
ma’naviyatini
shakllantirish holati bo‘yicha mavjud bilimlar aniqlandi, yutuq va
kamchiliklar tahlil etildi hamda tajribalar umumlashtirildi. Tajribasinov maydonlari belgilandi
Ikkinchi bosqich
(2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov
ishlari olib borildi va uning natijalari amaliyotga tatbiq etildi.
Xalq og’zaki ijodi vositasida o’quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari
o‘rganildi. Kuzatishlar va chiqarilgan xulosalarga asoslanib,
metodik tavsiyalar tayyorlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari
tahlil qilindi, umumlashtirildi, baholandi, tajribadan avvalgi
va keyingi natijalar umumlashtirildi, mavjud materiallar
dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi va
amaliyotga tatbiq qilinganligi
Tadqiqot 2011yilda Qarshi davlat universitetining
«Boshlang’ch ta’lim» kafedrasining majlisida, ilmiy
metodologik seminarlarda atroflicha muhokama qilingan
va himoya uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotchi o‘z
chiqishlari bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida
(2012-2013 yillar) qatnashgan
Ishning sinovdan o‘tganligi
Tadqiqot
umumta’lim
faoliyatiga
ishlarining
tavsiflanadi
ishi natijalari Kasbi tumanidagi 26–sonli
maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘quv
tatbiq etilganligi hamda tajriba-sinov
muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan
Tadqiqot natijalarining chop etilganligi
dissertatsiya ishining mazmuni 2012-2013 yillarda
o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalardagi
tezislarda 3 ta ilmiy maqolalarda o‘z ifodasini topgan
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar
-kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish masalasi ilmiy pedagogik muammo
ekanligi;
-dars jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar
ma’naniyatini shakllantirish mazmunining ilmiy–
pedagogik usullarini ishlab chiqilganligi;
-kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirish uslubiyati hamda samaradorlikka erishish
yo‘llari;
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi
dissertatsiya kirish, 3 bob 6 paragraf, boblar bo‘yicha
xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib,
uning hajmi 99 sahifani tashkil etadi
UMUMIY XULOSALAR
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha
islohotlarning negizida yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk darajada
shakllangan insonlar qilib tarbiyalash maqsadi yotadi. Mamlakatimiz
islohotlar va rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirayotgan bir paytda,
yosh avlodda yuksak ma’naviyatni shakllantirish davr talabidir. Yosh
avlodda vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, yurt tabiati va boyliklarini
asrash, mehnatsevarlik, oliyjanoblik kabi sifatlarni shakllantirish ota-ona
hamda tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifasidir. Bu boraga ularga
xalqimizning boy og‘zaki ijodi, buyuk alloma, mutafakkirlarimizning
ma’naviy merosi, yozma manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk
insonlar qilib tarbiyalash borasida benihoya qimmatli manba bo‘la oladi.
Bizning ilmiy izlanishimiz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini
shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘rni beqiyos ekanligini
ko‘rsatdi.
UMUMIY XULOSALAR
Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosaga keldik.
1. O‘rganilgan ilmiy, pedagogik va badiiy manbalar tahlili va amaliyotdagi
holatni o‘rganish shundan dalolat berdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
ma’naviyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish
dolzarb muammolardan biri ekan.
2. To‘plangan ilmiy dalillarni tahlil qilish o‘quvchilar ma’naviyati
shakllanganligining mavjud darajasi haqida aniq tasavvur hosil qilish
imkonini berdi va ma’naviyatni shakllantirishga ko‘maklashadigan
didaktik vositalar hamda manbalarni aniqlashga yordam berdi.
3. Olingan natijalar faqat darsda emas, balki darsdan tashqari tadbirlarda
ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ustida
izchil ish olib borish zarurligini ko‘rsatdi.
UMUMIY XULOSALAR
4. Asosiy diqqat-e’tiborni boshlang‘ich sinf “O‘qish”, ”Odobnoma”
darslarida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning turli omillari va
vositalaridan foydalanib, uning samaradorligini oshirishga qaratish
lozimligi aniqlandi.
5. Dars jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan o‘rinli va samarali
foydalanish
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari
ma’navyaitini
shakllantirishning muhim omili ekanligi belgilandi.
6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirishda
o‘qituvchilar asosiy kuch bo‘lib, ularni muhim ilmiy-metodik tavsiyalar
hamda nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish zaruriyati mavjud.
7. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda sinfdan
tashqari tadbirlarning asosiy shakli ertakli va ko‘rik-tanlov ekanligi
tajriba-sinov ishlari yakunida o‘z tasdiqini topdi.
8. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ishi yaxlit
va tizimli tashkil etilsagina, samarali natijalarga erishish mumkin.
UMUMIY XULOSALAR
9. Ilmiy tadqiqot ishida III-IV sinflardagi «O'qish», «Odobnoma» kabi o'quv predmetlari
o'qitish jarayonida o'quvchilarda ma'naviyat haqidagi tushunchalar, bilimlar haqida
muayyan tasavvurni hosil qilish, shaxsning ma'naviyat haqidagi ko'nikma va malakalarini
shakllantirishning asosiy yo'nalishi ekanligi taqiqotda isbotlab berildi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar va tajriba-sinov natijalari tadqiqotning ilmiy farazi
to‘g‘riligini asoslash imkonini berdi.
Yuqorida bayon qilingan xulosalar asosida quyidagilarni tavsiya qilamiz:
1. Xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish maktab –mahalla
– oila tizimida tashkil etilishi va bu tizim o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lanishi zarur.
2. Milliy qadriyatlarimizda aks etgan ilg‘or g‘oyalarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda samarali foydalanish
yo‘llarini takomillashtirish lozim.
3. Dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va
amaliyotda qo‘llashga erishish maqsadga muvofiqdir.
4. Oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyaviy faoliyatga
tayyorlashda ularning shaxs ma’naviyati haqidagi bilimlarni egallashlariga alohida e’tibor
qaratish zarur.
E’tiboringiz uchun
raxmat !