Transcript Nizomiy
2-laboratoriya. Talabalar tomonidan tayyorlangan rejakonspektlarning prezentatsiyasi. Maqsad: Talabalar tomonidan tayyorlangan rejakonspektlarning dars ishlanmalariga qo’yiladigan umumiy talablarga javob berishni aniqlash. Vosita: Talabalarning reja-konspektlari. Universitet saytida mavjud bo’lgan elektron dars ishlanmalari. Asosiy mazmuni Talabalar tomonidan tayyorlangan reja-konspektlarni birma-bir ko’rib chiqish nazarda tutiladi. Darsning turi aniqlanadi. Darsning maqsadi to’g’ri berilganmi, yo’qmi? Rejada ta’limiy, rivojlantiruvchi masalalar xisobga olinganmi, yo’qmi? O’quv material, bayon etilmoqchi bo’lgan mavzuni yoritishga yetarlimi, yo’qmi? Dars o’tishga mo’ljallangan metod va uslublar belgilanganmi, yo’qmi? O’quvchilar faoliyatini nazorat qilish yo’llari ko’rsatilganmi, yo’qmi? Uyga vazifa ishlab qo’yilganmi, yo’qmi? Darsni yakunlash bosqichi yozilganmi? Didaktik tarqatma materiallar reja-konspektga ilova qilinganmi, yo’qmi? Laboratoriya topshiriqlari: Quyidagi mavzular bo’yicha dars ishlanmalari tayyorlab keling. (VI sinf maktab o’quvchilari uchun matematika darsligi asosida) Geometriya fani va predmeti. Eng sodda geometrik shakllar (figuralar). Qarama-qarshi sonlar. Butun sonlar to’plami. Bir xil ishorali sonlarni qo’shish. Koordinata tekisligi. O’qqa nisbatan simmetriya. Simmetriya o’qi. Simmetriya markazi. Ratsional sonlarni qo’shish qonunlari. Ratsional sonlarni ayirish. Ratsional sonlarni ko’paytirish. Ko’paytirish qonunlari. Qavslarni ochish qoidasi. Koeffitsiyent. O’xshash hadlarni ixchamlash. Ratsional sonlarni bo’lish. Ratsional sonlar ustida to’rt amalga doir mashqlar. Masala yechishning algebraik usuli. Masalaning matematik modeli. . Quyida sanab o’tiladigan mavzularga oid tarqatma materiallar, test savollari, mustaqil topshiriqlar tayyorlash. 1. O’nli kasrlar. 2. Aralash sonlar. 3. Bo’linish belgilari. 4. Foizlar. 5. Taqribiy xisoblash. 6. Ratsional sonlar va ular ustida amallar. 7. Musbat va manfiy sonlar. 8. Simmetriya. 9. Ratsiyonal sonlarni ko’paytirish va bo’lish. 10. Kvadrat tenglamalar. 11. ChTS. 12. Arifmetik progressiya. 13. Ratsional tenglamalar. 14. Hosila 15. Ayniyatlar. 16. Integral. 17. Logarifmik tenglamalar. 18. Irratsional tenglamalar. 19. Ko’satkichli tenglamalar. 20. Trigonometrik tenglamalar.