jigar sirrozi

Download Report

Transcript jigar sirrozi

Davolash fakultetining fakultet va gospital
terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki
kasalliklar kafedrasi»
«
GOSPITAL TERAPIYA
V - kurs
JIGAR SIRROZI
Jigar (me’yorida)
JIGAR KESIMDA
JIGAR TO’QIMASI NEKROZ
O’CHOQLARI

JIGAR SIRROZI - surunkali
progressirlanuvchi kasallik bo'lib jigar
parenhima va stromasini zararlab jigar
hujayralari distrofiyasi jigar to'qimasi
tugunli regenerasiyasi, biriktiruvchi
to'qima o'sishi, jigar bo'lakli
strukturasining va qon tomir tizimi diffuz
o'zgarishi, jigar va taloq
retikuloendotelial elementlarning
giperplaziyasi, gipersplenizm va jigar
funksional buzilishlari bilan kechadigan
kasallikdir. Kasallik ko'proq o'rta va
qarilik yoshidagi erkaklarda uchraydi.
ETIOLOGIYASI








sirroz virusli gepatitdan keyin rivojlanishi
mumkin;
modda almashinuvi buzilganda (qandli diabet,
tireotoksikoz)
surunkali alkogolizmda;
holestaz natijasida o’t yullarining uzoq vaqt
siqilishi va tiqilib qolishi;
toksik yoki toksiko-allergik gepatitlar oqibatida;
konstitusional-oilaviy moyillik;
jigarni ba’zi moddalar bilan surunkali
infiltrasiyasi (gemohromatoz, gepatoserebral
distrofiya);
surunkali infeksiyalar fonida, ba’zan - parazitar
invaziyalar.
JIGAR SIRROZI
JIGAR SIRROZI
JIGAR SIRROZINING TASNIFI
I.1956 y. Gavanada qabul qilingan (Kuba)
Klinikasiga ko'ra:
 a. portal
 b. postnekrotik
 v. biliar
 g. aralash
2. Kompensasiyalanganligiga ko'ra:
 a. kompensasiyalangan
 b. dekompensasiyalangan
Faolligiga ko'ra:
 a. nofaol faza
 b. faol faza
Bu ishchi tasnif bo'lib, sirrozning turini klinikasi asosida
aniqlash mumkin
II 1978 y. Akapulkada qabul qilingan
(Meksika)
Morfologiyasiga ko'ra:
a. mayda tugunli (mikronodulyar) shakli
b. yirik tugunli (makronodulyar) shakli
v. aralash shakli
g. biliar shakli
2. Kompensasiyalanganligiga ko'ra:
a. kompensasiyalangan
b. dekompensasiyalangan
3.Faolligiga ko'ra:
a. nofaol faza
b. faol faza
Sirrozning turini faqat jigar biopsiyasi
asosida aniqlash mumkin
III 1995 y. Los Anjelesda qabul
qilingan (AQSh)


Morfologiyasiga ko'ra :
a. surunkali gepatit
b. portal traktda fibroz bo'lishi
v. jigar bo'lakchasining periportal zonasida fibroz
bo'lishi
g. jigar bo'lakchasining hamma qismida
d. jigar sirroz
2. Kompensasiyalanganligiga ko'ra :
a. kompensasiyalangan
b. dekompensasiyalangan
3. Faolligiga ko'ra:
a. nofaol faza
b. faol faza
Bu tasnifga ko'ra surunkali gepatit va jigar sirrozi bir hil
kasallik. 5 bosqichi aniqlanadi. Bu bosqichlar faqat punksiyali
biopsiya yordamida aniqlanishi mumkin.
SIMPTOMLARI








anoreksiya
ko'ngil aynishi
qayt qilish
diareya
holsizlik
isitmalash
sariqlik
amenoreya
KASALLIK BELGILARI :










o'rgimchaksimon teleangiektaziyalar
kaft eritemasi
quloq oldi va ko'z yosh bezlarining kattalashishi
tirnoqlarning o'zgarishi (Myurke chiziqlari,
terri tirnoqlari)
«nog'ora cho'plari» ko'rinishida barmoqlarning
o'zgarishi
ginekomastiya
gepatosplenomegaliya
assit
oshqozon ichak tizimi varikoz kengaygan
venalaridan qon ketishi
jigar ensefalopatiyasi
LABORATOR BELGILARI :







anemiya (qon ketishi natijasida
mikrositar, folat defisiti bilan bog'liq
makrositar)
pansitopeniya (gipersplenizm),
giponatriemiya
gipokaliemiya bilan bog'liq alkaloz
glyukoza metabolizmining buzilishi
gipoalbuminemiya.
HBsAg, anti-HBc, anti-HBs, S va D
gepatitlarga antitela
DAVOLASH








qichishishni bartaraf etish uchun holestiramin 4
g ichishga ovqatdan keyin
vitamin K 10 mg mushak orasiga kuniga 3 mahal
(keyinchalik oyiga 1 marta).
vitamin D 100 000 ed mushak orasiga har 4
hafta, plyus 1 g kalsiy ichishga osteoporozda
vitamin A 25 000-50 000 ed har kuni 100 000 ed
mushak orasiga har oyda, va sink 220 mg
ichishga
vitamin E 10 mg dozada mushak orasiga yoki
ichishga har kuni.
kortikosteroidlar, D-penisillamin, azatioprin
ursodezoksiholat kislota kuniga 12-15 mg/kg
ichishga
jigar transplantasiyasi — kasallik terminal
bosqichida
JIGAR ETISHMOVCHILIGI Jigar parenhimasi o'tkir yoki
surunkali zararlanishi natijasida
jigarning bir yoki bir necha
funksiyasi buzilishi bilan
harakterlanuvchi
simptomokompleks
ETIOLOGIYASI








viruslar
infeksion kasalliklar
dori vositalari
jigar kasalliklari
alkogol isteъmol qilish
sanoat toksinlari, mikotoksinlar,
aflotoksinlar tasiri
yurak etishmovchiligi
endogen toksik gepatozlar
PATOGENEZ

jigar etishmovchiligi gepatositlarning
distrofiyasi va tarqalgan nekrobiozi,
hamda fibroz va portokaval
anastomozlar rivojlanishi bilan
tushuntiriladi. bu anastomozlar orqali
qonning salmoqli qismi jigarni
chetlab o'tgan holda darvoza
venalaridan kavak venalarga, keyin
arterial tizimga tushadi. bu holat
jigarning ichakdan so'rilgan zararli
moddalarni dezintoksikasiyalashdagi
ishtirokini yanada kamaytiradi.
KLINIK KO'RINISHI



distrofiya va atrofiya sindromi, nevrit
rivojlanishi, anemiya;
isitma sindromi – tana haroratinining
380 C, hatto 400C gacha ko'tarilishi,
leykositar formulaning chapga siljishi,
septik holat, bakteriemiya, jumladan
haqiqiy ichak bakteriemiyasi
sariqlik sindromi – sariqlik avj olishi
bilan kechuvchi massiv nekroz
KLINIK KO'RINISHI (davomi)




endokrin buzilishlar sindromi –
urg'donlar atrofiyasi, bepushtlik,
ginekomastiya, soch to'kilishi, sut bezlari
va bachadon atrofiyasi,
teleangiektaziyalar paydo bo'lishi va
tezlik bilan kattalashishi, palьmar
eritema, «oq tirnoqlar fenomeni»
gemodinamika buzilishi sindromi– diffuz
vazodilatasiya, shish-assitik sindrom
mahsus jigar hidi aniqlanishi
gemorragik diatez
JIGAR ETISHMOVCHILIGI BOSQICHLARI


Prekomatoz – bemor shahsiyatining
o'zgarishi, qo'zg'alish, agressivlik. Jigar
kichiklashishi avj oladi, albumin,
aminotransferazalar faolligi, gammaglobulinlar miqdori kamayadi. Sariqlik,
gemorragiyalar ko'payib boradi, jigar
hidi.
Koma bosqichi – uyquchanlik,
bo'shashish, tana harorati ko'tariladi, ad
pasayishi, gemorragik sindrom,
tahikardiya leykositoz, patologik
reflekslar, mushaklar rigidligi.
TASHHISLASH
anamnez
 klinik ko'rinishi
 biohimik analizlar
 ensefalografik o'zgarishlarga
asoslanadi

DAVOLASH
Davolashning samaradorligi past. Og'ir
jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlar
har soatda shifokor nazoratiga
muhtojlar
Parhez – oqsil miqdorini keskin
kamaytirish, oqsil miqdorining keskin
kamaytirish kuniga 30-40 g/sut gacha,
yog'larni 60 g gacha va uglevodlarni
kuniga 200 g gacha cheklash,
polivitaminlar, sut-qatiq mahsulotlari.
DAVOLASH(davomi)










intoksikasiya bilan kurashish
gemostatiklar
diuretikdar
ensefalopatiyada preparatы, ammiak
metabolizmini kchaytiruvchi vositalar
davolashning ekstrakorporal usullari: plazmaferez,
gemodializ, gemo- va limfosorbsiya, qonning
perfuziya
giperbarik oksigenasiya seanslari
laktulozani qo'llagan holda tozalovchi huqna
qo'yish
tuzli surgi dorilar
laktuloza
elektrolitli komada qonning elektrolitli tarkibini
meyoriga keltirish