Слайд 1 - Adiba.uz

Download Report

Transcript Слайд 1 - Adiba.uz

Slide 1

SHAXSIY
KOMPYUTERLARNING
TUZILISHI


Slide 2

Tarix

1 - shaxsiy kompyuter 1973-yil Fransiyada Truong
Trong Ti tomonidan ishlab chiqarilgan. Avvaliga
mazkur kompyuter elektron o’yinchoq sifatida qabul
qilingan. So’ngra bu kompyuter 1977-yilda amerikalik
Stiv Jobs boshliq
“Apple Compyuter” firmasi
tomonidan mukammallashtirilib, ommaviy ravishda
chiqarila boshlandi.
Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi
axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi
universal avtomatik qurilmadir.


Slide 3

SISTEMALI BLOK
MONITOR
KLAVIATURA


Slide 4

Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron
sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira
qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan
tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random
Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida
hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter
manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi.
DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.


Slide 5

Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl.
mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy
kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy
protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi
DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata.
Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan
bo’ladi.


Slide 6

Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU,
markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi
tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab
chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi,
boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan
tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar
o’ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1
sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers)
larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida necha bit bilan
ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64,
128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda.


Slide 7

RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy
qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma
registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni
ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr
triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori
kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr
(uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to’g’ri
keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har
1 bayt o’z tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning
uzunligi mashina so’zi uzunligini belgilab beradi.


Slide 8

HDD (ingl. Hard Disk Drive – qattiq disk qurilmasi)
kompyuterning tashqi xotirasi bo’lib, sistema blokiga
o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi.
Uning hajmi bir necha 10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha
yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik
idishda joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan
ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 - vinchestor
1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida
yaratilgan.


Slide 9

Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga
keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat
qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida
ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi
alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli
nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy
miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon
darajasini belgilaydi. Hozirda monitorlarning HGC, CGA,
EGA, VGA va SVGA turlari keng tarqalgan.


Slide 10

Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot
kiritish yo’llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar
ko’magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugma yoki tugmalar
birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga
olib keladi. Bunga sabab shriftlovchi nomli mikrosxema ma’lum
tugma bosilishida hosil bo’luvchi signalni ikkilik kodiga aylantirib
beradi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo’ladi.
Oldingi turlarida 86 ta bo’lgan. Vazifasiga ko’ra klaviaturadagi
klavishlar 6 guruhga bo’linadi. Ular 1) funksional 2) alifbo-raqamli
3) yo’nalishli
4) raqamlar paneli 5) maxsuslashtirilgan 6)
modifikatorlar


Slide 11

SICHQONCHA
PRINTER
DISKOVOD
SKANER
MODEM
VA HAKOZALAR


Slide 12

Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish
qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab yurg’izilganda
ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni
kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos
yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari
yordamida kompyuterga biror buyruq berish mumkin.
Birinchi sichqonchali kompyuter ― Xerox 8010 Star
Information System mini-kompyuteri 1981-yilda ishlab
chiqarilgan.


Slide 13

Printer (ingl. Printer – chop qiluvchi) ma’lumotlarni
qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili
mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer
ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli
printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi.
Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli
ma’lumotlarni chop etish mumkin. Birinchi uyali
printerlar 1985-yilda ishlab chiqarilgan.


Slide 14

Skaner (ingl. scanner - o’qib oluvchi)
ma’lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli
ko’rinishda kompyuter xotirasiga o’qib oluvchi
qurilma. Skanerlarning asosan ikki turi mavjud:
stol usti skanerlari va qo’l skanerlari. Hewlard
Packard, Epson, Canon firmalarining skanerlari
dunyoga mashhur.


Slide 15

Modem (abbr. modulyator, demodulyator) Kompyuter
signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha
telefon signallarini kompyuter signallariga aylantiruvchi
qurilma. Ya’ni modem telefon tarmoqlari orqali
kompyuterlarni
o’zaro
bog’lashni
ta’minlovchi
qurilmadir. Modemlar tashqi va ichki bo’ladi. Shaxsiy
kompyuterlar uchun birinchi modem 1979-yilda Hayes
Microcomputer Products kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqarilgan.


Slide 16

Kompakt disklardan ma’lumot o’qish va ularga
ma’lumot yozish qurilmasi. Ma’lumot o’qish va
yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi.
Kompakt disk yuzasiga 1 li bitlarni yozishda
diskning ma’lum yuzasiga lazer nuri ta’sir
qildiriladi va shu yuzada iz qoldiriladi.


Slide 17

Strimmer (ingl. Streamer – uzun hilpirovchi
lenta) vinchesterdagi eng zarur axborotlarni
buzmasdan asrash uchun uning nusxasini
ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat
qiladigan qurilma. Strimer ma’lumotlarni magnit
tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi.
Magnit tasmalar sifatida audio yoki video
tasmalardan foydalaniladi.


Slide 18

Flesh (ingl. flash – qisqa xabar) juda katta
hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan
yarim o’tkazgichli xotira. Hozirgi kunda flesh
xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo’lgan axborotni
o’ziga sig’dira oladigan turlari mavjud. Ma’lumot
yozish tezligi 6700 kbayt/sek gacha yetadi.
Ma’lumot o’qish tezligi esa 18000 kbayt/sek
gacha boradi.


Slide 19

Plotter (ingl. plotter – grafik printer) ― katta hajmdagi
chizmalarni chop qilishga mo’ljallangan qurilma.
Chizmalarni tushlangan pero yordamida hosil qiadi.
Plotter yordamida o’lchami 300 x 300 sm bo’lgan
chizmalarni ham chop etish mumkin.
Rolikli
plotterlar qog’ozni pero ostida harakatlantiradi,
planshetli plotterlar esa peroni qog’oz ustida
harakatlantiradi.


Slide 20