Dars mavzusi: ”Suvo´tlar bo´limi.Bir hujayrali suvo´tlar”.

Download Report

Transcript Dars mavzusi: ”Suvo´tlar bo´limi.Bir hujayrali suvo´tlar”.

JIZZAX VILOYAT PEDAGOG
KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi
o’qituvchisi Jabborov Maqsudning
6-sinf Botanika fanidan tayyorlagan bir
soatlik dars ishlanmasi
Dars mavzusi: ”Suvo’tlar bo’limi.Bir
hujayrali suvo’tlar”.
Darsning ta’limiy maqsadi:O’quvchilarda suvo’tlar
haqida tushuncha hosil qilish. O’quvchilarni suvo’tlarning
turlari bilan,ya’ni bir va ko’p hujayrali suvo’tlar,suvo’tlarning
tuzilishi,ahamiyati,yashash muhiti bilan tanishtirish
Darsning tarbiyaiy maqsadi:O’simliklarning
tabiatdagi ahamiyatini tushuntirish asosida
o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish
ekologik tarbiya berish,mehnat ko’nikmalarini tarkib
topdirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarning
tuban o’simliklarning tuzilishi haqidagi bilimlari,
kuzatish, obyektlarni tanish, darslik ustida mustaqil
ishlash ko’nikmalarini rivolantirish.

Darsni jihozlash: Bir hujayrali suvo’tlarning

Darsda foydalaniladigan texnologiya:

Darsda qo’lqniladigan metodlar: ”Rasmlarni

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar:
rangli rasmlari,proektor, ekran, slaydlar.
Didaktik o`yinlardan foydalanib hamkorlikda
o`qitish.
to’g’ri joylashtir”, ”Korrekatura”, ”Bilaman,bilishni
hohlayman, bilib oldim”, ”Zakovatli zukko”,
”Domino”.
tuban o’simliklar, bir hujayrali suvo’tlar,
qattana,tallom,xlorella,xlomidomonada,xromatofor,
sporaavtospora,zoospora,gametangiya,gameta.
I. Tashkiliy qism
II.Bilimlarni aktuallashtirish



”Rasmlarni to’g’ri joylashtir” metodida quyidagi
harakatlar bajariladi:
Oqituvchi har bir guruhga zamburug’larning
tuzilishini anglatuvchi “mevatana”, ”gifa”,
”mitseliy”, ”spora”, ”sporangiy” so’zlari yozilgan
kartochkalar to’plamini beradi.O’quvchilar
bilimlariga tayanib kartochkalarni mantiqiy
ketma-ketlikda joylashtiradi.Topshiriq to’g’ri
bajarilganini tekshirish uchun kartochkalar orqa
tomoniga o’giriladi,agar ketma-ketlik to’g’ri bo’lsa
“M O G’ O R” so’zi kelib chiqadi.O’quvchilar
xatolarini anglagach navbatdagi topshirq beriladi.
Gifa – Mitseley – Mevatana – Sporangiy – Spora.
M
O
G’
O
R
“Korrekatura” metodida o’qituvchi o’tilgan mavzu
yuzasidan tayyorlangan matn qog’ozini o’quvchilarga
tarqatadi.O’quvchilar matndagi xatoliklarni aniqlab
tagiga chizadilar.



Matndan namuna:
Lishayniklar bakteriyalar bilan suvo’tlarning o’zaro
birgalashib, simbioz holda yashashidan hosil bo’lgan
bir hujayrali organizmlardir.Lishayniklar tuzilishiga
ko’ra yopishqoq lishayniklar,ildizsimon lishayniklar va
butasimon lishayniklarga bo’linadi.Lishayniklar
atmosfera havosining tozaligini ko’rsatib turuvchi
mezondir:shahar havosi qancha ko’p ifloslangan
bo’lsa, daraxtlarning po’stlog’ida lishayniklar
shunchalik ko’p bo’ladi. Lishayniklar o’simliklarda
qorakuya,zang kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab guruhlar
rag’batlantiriladi.
III.O’quvcilarni dars mavzusi,maqsadi,borishi bilan
tanishtirib,topshiriqlarni bajarishga yo’naltirish.
IV.Yangi mavzuni o’rganish.
”Bilaman,bilishni hohlayman,bilib oldim” metodida o’qituvchi yozuv
taxtasini uch qismga bo’ladi va quyidagilarni yozadi:
Bilaman
Bilishni hohlayman
Bilib oldim
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu borasida qanday
tushunchalarga ega ekanliklarini so’raydi,ular tomonidan bayon etilgan
tushunchalarni “Bilaman” nomli bandga yozadi. O’quvchilarda fikrlash
qobilyatini cheklab qo’ymaslik uchun ushbu harakatda o’quvchilarning
noto’g’ri fikrlari ham yoziladi.
O’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu yuzasidan yana nimalarni
o’zlashtirishni hohlashlarini so’raydi va o’ylashga da’vat etadiO’quvchilar
tomonidan aytilgan tushunchalar “Bilishni hohlayman” nomli bandga yozib
boriladi.Har ikkala bandda ham faoliyat yakunlangach, o’qituvchi yangi
mavzuni slaydlar yordamida bayon etadi.O’quvchilar o’qituvchini eshitib
bo’lishgach, yana nimalarni bilib oldim ?“ degan savolga javob topishlari
lozim bo’ladi.Guruhlardagi o’quvcilar o’zaro fikrlashib,yangi tushunchalarni
bayon etdilar.

O’quvcilar bayon etgan yangi tushunchalarni o’qituvchi
yozuv taxtasidagi “Bilib oldim” nomli bandiga yozib
boradi va umumlashtirib mavzu haqida o’z fikrlarini
bayon qiladi.
Bilaman
Bilishni
hohlayman
Bilib oldim
Suvo’tlar ko’lmak
suvo’tlarda,hovuzlarda,
dengizlarda
bo’ladi.Ular bilan suv
hayvonlari ozqlanadi.
Hujayrasi qanaqa
tuzilgan, sinflanishi,
qanday yo’llar bilan
ko’payadi, ahamiyati
haqidagi ma’lumotlarni
O’simliklarning
tubani,bir va ko’p
hujayralarga
bo’linadi.Hujayrasi
qobiq,sitoplazma,mag’i
z va xromatoforlardan
iborat.Jinsiy va jinssiz
yo’llar bilan
ko’payadi.Xlorella
chorvachilikda ozuqa
sifatida,xlamidomonad
a bilan birgalikda esa
chiqindi suvlarni
tozalashda ishlatiladi.
O’simliklar dunyosi
Tuban o’simliklar
Bir hujayrali
suvo’tlar
Ko’p hujayrali
suvo’tlar
Tuban o’simliklar
Sporasi bilan
ko’payuvchi
o’simliklar
Urug’i bilan
ko’payuvchi
o’simliklar
V.Yangi mavzu yuzasidan didaktik
o’yinlarni tashkil etish.






“Zakovatli zukko” metodi.Bunda o’qituvchi
tomonidan har bir guruhlarga to’tttadan tezkor
savollar beriladi. Guruhlardagi o’quvchilar
savollarga qisqa muddatda aniq va to’g’ri javob
berishlari zarur.
Floristlar –guruhi.
1.Xlorella qanday suvlarda uchraydi ?
2.O’rta Osiyoda xlorellaning nechta turi bor ?
3.Bir xlorella avlodi bir oy ichida ko’payib
nechtagacha yetishi mumkin ?
4.Tuban o’simliklarning tanasi nima deyiladi ?
 Biopaleontologlar -guruhi .

1.Qaysi suvo’ti xivchinlari yordamida harakatlanadi ?
2.Noqulay sharoitda xlorella nima hosil qiladi ?
3.Suvo’tlarda fotosintez jarajononi nima bajaradi ?
4.Fanda xlorellaning nechta turi aniqlangan ?

Mikologlar -guruhi .




1.Xlorella suv va mineral moddalarni nima orqali qabul qiladi ?
2.Qaysi suvo’tini iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida
uchratamiz ?
3.Avtospora nima ?
4.Kuz kelishi bilan xlorellada qanaqa o’zgarish kuzatiladi ?

Dendrologlar -guruhi .







1.Akvarium devorlarida uchraydigan suvo’t ?
2.Zoospora nima ?
3.“Xlamidomonada“ so’zining ma’nosi nima ?
4.Hozirgi vaqtda fanga suvo’tlarning nechta turi ma’lum ?




O’quvchilar savollarga javob berib bo’lgach, “Domino” o’yini
boshlanadi. “Domino” o’yinini o’tkazish uchun bitta bo’lim yoki
bir nechta mavzu tanlanadi.Masalan:Bakteriyalar,
zamburug’lar, bir hujayrali suvo’tlar.Bir o’quvchi yozuv taxtasi
yoniga borib, yangi mavzuga oid so’z yoki atamani yozadi,
keyingi guruhdagi o’quvchi so’z qaysi harf bilan tugagan
bo’lsa,shu harf bilan boshlanuvchi boshqa so’zni yozadi.O’yin
shu tarzda davom etadi.
Suvo’t
tallom
mikros
spora
avtospora
achitqi amburug’
g’o’za gommozi va hokazo.
VI.Topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab
guruhlar rag’batlantiriladi va o’quvchilar
baholanadi.
VII.Uyga vazifa.Darslikdagi mavzuni o’qib, rasmlarini
chizib, bir hujayrali suvo’tlar haqida qo’shimcha ma’lumotlar
to’plab kelish.
E’tiboringiz
uchun raxmat.