klinik ko`rinishi

Download Report

Transcript klinik ko`rinishi

Davolash fakultetining fakultet va
gospital terapiya, sharq tabobati va tibbiy
profilaktika fakultetining ichki
kasalliklar kafedrasi.
QIZILO’NGACH VA ME'DANING
FUNKSIONAL
KASALLIGI
SURUNKALI GASTRIT
Dotsent Ayubov A. A.
QIZILO’NGACH HARAKATINING
BUZILISHI – DISKINEZIYA

A) HALQUM (TOMOQ) –
QIZILO’NGACH DISFAGIYASI (yutilgan
taomning tutilishi) – halqum distal
qismining va qizilo’ngach yuqori
bo’limining asab mushak apparati nuqsoni
ETIOLOGIYASI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
insul't
distrofik miotoniya – miopatiya va miotoniyaning
qo’shilib kelishi bilan kechadigan nasliy kasallik.
miasteniya – muskullarning kasallikka xos tarzda tez
toliqib qolishi yoki soxta falajlik
polimiozit
Parkinson kasalligi
yonbosh amiotrofik sklerozi – markaziy nerv
sistemasi harakat qismlarining zararlanishi natijasida
yuz beradigan organik kasallik
KLINIK KO’RINISHI
1.
2.
3.
qiynalib yutilish (ayniqsa yutilish boshida)
burun regurgitatsiyasi – yutilgan
ovqatning bir qismini burundan qaytarib
chiqarish
o’pka aspiratsiyasi
QIZILO’NGACH AXALAZIYASI
TA'RIFI – qizilo’ngach axalaziyasi – me'da kirish
(kardiya) qismining torayishi, siqilishi (sinonimlari:
kardiya axalaziyasi, kardiyaspazmi,
qizilo’ngachning ideopatik kengayishi)
qizilo’ngachning asab – mushak kasalligi bo’lib,
bunda qizilo’ngach peristal'tikasining zaiflashishi
va taomning yutilishi davrida kardiya teshigining
reflektor ochilmasligi natijasida ovqat
moddalarining qizilo’ngachdan me'daga o’tishi
buziladi.

TARQALIShI 100 ming kishidan 1
shaxsda aniqlanadi; jinsga bog’liq emas,
aksariyat 20-40 yoshlarda kuzatiladi.
ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI
etarlicha o’rganilmagan. Xastalik rivojlanishida
1. qizilo’ngach faoliyatining markaziy nerv
tomonidan boshqarilishining buzilishi katta
ahamiyatga ega, chunki kasallikning ilk belgilari
ko’pincha og’ir ruhiyat istirobidan so’ng vujudga
keladi.
2. yana qizilo’ngach nerv chigallarining infeksion –
toksik omillar ta'sirida shikastlanishi ham taxmin
qilinadi
PATOLOGOANATOMIK
KO’RINISHI.

Odatda qizilo’ngachning kengaygan
sathida ko’p miqdorda shilliq va ovqat
qoldiqlari, boshlanish davrida mushak
qavatining gipertrofiyasi va oxirgi
bosqichda – devorning sklerotik –
chandiqli o’zgarishlari aniqlanadi.
KLINIK KO’RINISHI
Asosiy simptomlari:
 og’riq
 disfagiya
 regurgitatsiya.
a)
b)
c)
To’sh suyagi orqasida kriz ko’rinishidagi og’riq, ko’pincha tunda,
gohida og’riq qizilo’ngachning bo’sh yoki to’lgan holatida sodir
bo’ladi. Og’riq aksariyat toj tomir og’riqi sifatida yanglish
izohlanadi.
Disfagiya kasallik boshlanishida ahyon – ahyonda, shakllangan
davrda esa har ovqat yutilganda, ayniqsa quruq yoki chala
chaynalganda kuzatiladi. Yutilgan ovqatning me'daga o’tishini
yengillishtirish uchun bemorlar turli xil holatlarni qo’llaydilar: bir
stakan suvni dam olmasdan ichib yuboradilar, chuqur nafas
oladilar, tana holatini orqaga egadilar va h.k., bular ba'zi vaqtlarda
yordam beradi.
Regurgitatsiya – qizilo’ngachda ko’p miqdorda yiqilgan bo’tqani
(so’lak, shilliq, ovqat qoldiqlari) qayd qilish bilan ifodalanadi.
Regurgitatsiya gavdani engashtirganda, qizilo’ngach liq to’lganda
yoki tunda, uyqu vaqtida vujudga keladi. Davomli disfagiya va
regurgitatsiya ovqat hazm bo’lishini buzadi va asta – sekin
oriqlashga olib keladi.
RENTGEN TEKSHIRISHDA

qizilo’ngachning har xil darajada kengayishi (ba'zida
16-20 sm gacha) va uzunlashishi, peristal'tikasining
buzilishi, nahorda suyuqlik yig’ilishi kuzatiladi.Sulfat
bariy kontrast eritma qizilo’ngachda uzoq vaqt
tutiladi, so’ngra to’satdan me'daga tushadi.
qizilo’ngach kardiyal qismi toraygan, “sabzi uchi”
yoki “sichqon dumi” ko’rinishida bo’ladi, yutilganda
ochilmaydi. Me'daning gaz pufagi yyo’q. Til ostiga 12 tabletka nitroglitserin qo’yilsa me'daning kardiya
sfinkteri bo’shashadi, disfagiya yo’qoladi, QO’dagi
narsa me'daga o’tadi, agar QO’da organik stenoz
(saraton, peptik chandiq torayishi) bo’lsa nitroglitserin
naf ko’rsatmaydi
KECHISHI

davolanmagan kasallikda odatda
jadallashuvli – disfagiya va oriqlash
kuchayadi
ASORATLARI
1.
2.
3.
takrorlanuvchi pnevmoniya va surunkali
bronxitlar (qusilgan bo’tqaning
aspiratsiyasi natijasida)
qizilo’ngach devirtikulasi
qizilo’ngach saratoni
TASHXISI

disfagiya (boshlanishida onda – sonda,
keyinchalik doimo), to’sh suyagi orqasida
og’riq, regurgitatsiya, hamda rentgen
ma'lumotlari asosida aniqlanadi.
QIYOSIY TASHXIS:
 kardioezofagial saraton
 QO’ning chandiqli qisqarishi
 spastik diskeniziyasi bilan o’tkaziladi.
DAVOSI
1.
2.
3.
aksariyat kardiodilyatatsiya yordamida
kardiya sfinkteri cho’ziladi
kam holatlarda jarroxlik usuli qo’llaniladi.
Bular ijobiy natija ko’rsatmasa
Simptomatik davo (miotropli
spazmolitiklar – ovqatlanishdan oldin
nitroglitserin, erinit) buyuriladi
Qizilo’ngach atoniyasi qisqarishining
zaiflashishi bilan ifodalanadi

ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI
qizilo’ngach innervatsiyasining buzilishi
bilan bog’liq bo’lib, markaziy va periferik
nerv tizimi hamda qizilo’ngach mushak
qavatining shikastlanishi bilan kuzatiladi.
KLINIK KO’RINISHI
1.
2.
3.
Disfagiya – quruq yoki chala chaynalgan
ovqatning qizilo’ngachda tutilishi
gavdani engashtirganda kekirish va qayd qilish
rentgen tekshirishlari qizilo’ngach devorining
harakatsizligini kengayganligini, bemorni
gorizontal holatda tekshirganda yutilgan bariy
sulfat eritmasining qizilo’ngachda uzoq vaqt
tutilishini ko’rsatadi.
KECHISHI

asta sekin jadallashuvli. Kardiya
sfinkterining atoniyasida va me'da shirasi
faolligi saqlanganida ko’pincha reflyuks
ezofagit vujudga keladi.

TASHXISI rentgen ma'lumotlari asosida
tasdiqlanadi.
DAVOSI




silliq mushaklar tonusini kuchaytiradigan
preparatlar:
1. karboxolin
2. atseklidin
3. antixolinesterazalar (prozerin)
A. Qizilo’ngach spazmasi

qisqarishi (ezofagospazm) – ko’p omillar
vositasida yuzaga keladigan
qizilo’ngachning mushak-asab surunkali
xastaligidir. Bunda qizilo’ngach
sfinkterining ochilishi va me'daga ovqat
o’tishi buziladi. Kasallik xar ikkala jinsda
ham bir hilda, ko’pincha nevrotik yoki
isterik reaksiyalari bo’ladigan yosh va o’rta
(20-40) yoshlardagi juvonlarda uchraydi.
1. Etiologiyasi va patogenezi.
(1) Asab-ruxiy xolatning shikastlanishi
(2) Asab-distrofik buzilishlar
(3) Adashgan nervning surunkali ta'sirlanishi
natijasida faoliyatining buzilishi
(4) Infeksion-toksik omillar ta'sirida
qizilo’ngach nerv o’ramalarining va silliq
mushaklarining zararlanishi.
Ezofagospazmlar birlamchi va
ikkilamchi bo’ladi
(a) Birlamchi ezofagospazm-bosh
miya qobig’i tomonidan qizilo’ngach
faoliyatining boshqarib turishning buzilishi
natijasida sodir bo’ladi.
(b) Ikkilamchi (reflektor va simptomatik)
ezofagospazm gijjalar, me'da yaralari va o’t
pufagi tosh kasalliklari oqibatida keladi.
2. Klinik ko’rinishi 3 turli belgi bilan
ifodalanadi:
(1) Ovqat yutilgandan
so’ng to’sh orqasida og’riq.
(2) Disfagiya - xanjarsimon o’simta soxasida
yutilgan ovqatning tutilishi.
(3) Regurgitatsiya - yutilgan ovqatning bir
qismini qaytarib chiqarish, vaqti-vaqti bilan
qusishga o’tishi.
(4) Rentgen belgisi






Ezofagitlar – qizilo’ngach shilliq qavatining o’tkir yoki
surunkali yallig’lanishidir.
a. O’tkir ezofogit.
1. Etiologiyasi. B. Ezofagitlar – kizilo’ngach shilliq
qavatining o’tkir yoki surunkali yallig’lanishidir.
a. O’tkir ezofogit.
1. Etiologiyasi. Qizilo’ngach shilliq qavatiga termik
kimyoviy, mexanik ta'siridan keyin, paydo bo’ladi.
2. Klinik ko’rinishi. O’tkir ezofagit yutish paytida to’sh orqa
soxasida og’rik, kichishish, ko’ngil aynashi va qayd qilish,
ba'zan disfagiya, so’lak okishi, kekirish bilan namoyon
bo’ladi. Eroziyali va gemorragiyali turlarida qon qusish va
qora rangli (melena) najas kuzatilishi mumkin, flegmonali va
nekrozli ezofagitga esa kuchli og’riq, qusish va septik
intoksikatsiya xolati xosdir.



3. Tashxisi. Kasallikni aniqlashda anamnez ma'lumotlari,
ezofagoskopiya dalillari (giperemiya, eroziya, yara,
nekrozlar) e'tiborga olinadi.
4. Davosi. Kichik yutimlar bilan sovuq sut ichishlari, xom
tuxum, qaymok, yog’ (sariyog’) buyuriladi. Dori
moddalardan ovqatlanishdan oldin qizilo’ngach shilliq
pardasini burishtiruvchilar, og’rik qoldiruvchi va
yallig’lanishga qarshi vositalar qabul qilinadi. Agar qayd
qilish bezovta qilsa anestezin yoki novokain eritmasidan
ichish tavsiya etiladi.
5. Profilaktikasi. O’tkir ezofagitni oldini olish uchun
sovuq yoki qaynoq ichimlik va taomlarni istemol
qilishdan o’zini asrash, baliqlarni shoshilmasdan istemol
qilish, tavsiya etiladi.








Surunqali ezofagit – qizilo’ngach shilliq pardasining surunqali
yallig’lanishidir (reflyuks-ezofagit).
1. Etiologiyasi.
a. O’tkir ezofagitning muttassil avj olishi tufayli surunqali turiga
o’tishi natijasida vujudga keladi.
b. Ba'zida qizilo’ngach shilliq pardasiga termik, mexanik omillarning
muntazam ta'siridan paydo bo’ladi. Aksariyat, qizilo’ngach qardiyasi
yetishmovchiligi natijasida me'da shirasi qizilo’ngachga o’tadi va
surunqali ezofagitni (reflyuks-ezofagit) sodir qiladi.
2. Klinik ko’rinishi. To’yib ovqatlangandan, alkogol yoki kofe
ichilganidan yoki tamaki chekilgandan so’ng to’sh va epigastral
soxalarda achishish sezgisi paydo bo’ladi.. Bunday noxush tuyg’ular
tana engashilganda yoki gorizontal holatda kuchayadi.
Rentgen,va Ezofagoskopiya - jaroxatlanishni aniqlashda katta
yordam beradi.
3. Asoratlari: peptik yara, stenoz, qon ketishi, qizilo’ngachning
chandiqli kaltaroq bo’lish.
4. Davosi. Surunqali ezofagit asosan konservativ choralar bilan
davolanadi
ME'DA HARAKAT VA SEKRETOR
FAOLIYATINING BUZILISHI
Me'daning o’tkir atoniyasi
Etiologiyasi va patogenezi nervlar bilan idora
etilishning (innervatsiyaning) buzilishi
natijasida to’satdan sodir bo’ladigan me'da
mushak devori parezi (nimfalaji). Bu holat
miokard infarktida, peritonitda,
pnevmoniyada, me'da qon tomirlari
trombozida, ba'zi bir og’ir infeksion
kasalliklarda kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi
a)
b)
c)
Epigastral sohada og’irlik va liq to’lishlik
sezgisi, gohida bo’qiq og’riq
Ko’p miqdorda ko’kimtir suyuqlik bilan
qusish
Xichchoq tutish

Ko’rish epigastriya sohasining bo’rtib
chiqishi kuzatiladi

Perkussiya-timpanit

Zond me'daga erkin tushadi va ko’p
miqdorda suyuqlik ajraladi, oqibatda bemor
yengillik sezadi
Davosi



Me'dada yig’ilgan suyuqlikni zond bilan
olish
Xastalikni vujudga keltiruvchi kasalliklar
tezkorlik bilan davolash.
Me'da tonusini va harakatini kuchaytirish
uchun karbaxolin, atseklidin,
antixolinesteraza preparatlari (prozerin),
strixnin tavsiya etiladi.
Me'da pnevmatozi –me'dada ko’p
miqdorda havo yig’ilishi
ETIOLOGIYASI.
1. Organik kasalliklar (qizilo’ngach diafragma
teshigining churrasi, diafragma nervining
shikastlanishi)
2. Isterik psixozda markaziy nerv
faoliyatining buzilishi (asabiy aerofagiya
va kekirish).
Klinik ko’rinishi





Og’irlik, bosim va liq to’lishlik sezgisi
Kuchli kekirish
Kardialgiya – kekirganda , me'da zondlanganda
kamayadi , ko’p miqdorda ovqat iste'mol
qilganda kuchayadi .
Perkussiya va rentgen tekshiruvida katta
hajmdagi me'da gaz pufagi aniqlanadi.
Tashxisi – klinik ko’rinishi va rentgen
ma'lumotlariga asoslanadi
Davosi
a)
b)
c)
umumiy sog’aytiruvchi terapiya
sedativ va trankvilizator (tinchlantiruvchi )
preparatlari
Davolovchi badantarbiya
Me'daning funksional axiliyasi
me'da sekretor apparatining organik shikastlanishisiz
vaqtinchalik me'da shirasi ajralishining kamayishi.
ETIOLOGIYASI – asab va gumoral omillar ta'sir:
a) ruhiy istirob
b) intoksikatsiya
c) og’ir infeksion kasallik
d) gipovitaminoz
e) jismoniy toliqish
f) tireotoksikoz
j) qand kasalligi



Klinik ko’rinishi me'daning funksional axiliyasi va
gipoxiliyasi aksariyat simptomsiz kechadi, gohida
ishtahaning pasayishi, dispepsiya belgilari, ba'zi bir
ovqatlarni (sut) ko’tara olmaslik, ich surishga moyillik
kuzatiladi
Ovqat ta'sirlovchilari bilan me'da shirasini
tekshirganda axlorgidriya va axiliya aniqlandi. Me'da
shirasi ajralishini kuchaytiradigan moddalar
(gistamin, pentagastrin ) teri ostiga yuborilganda
asab va gumoral omillarning me'da shirasi
ajralishini tormozlash ta'siri yo’qoladi va axiliyaning
funksional xarakterdaligini tasdiqlaydi.
Me'da shilliq pardasi biopsiyasida yalliqlanish va
distrofik o’zgarishlar aniqlanmasligi ham funksional
axiliyani organik turidan farqlaydi .
Davosi.
a)
b)
me'da funksional axiliya rivojlanishiga
olib kelayotgan omillarni aniqlash va
ularni bartaraf qilish kerak.
Nevragen tabiatli axiliyada mehnat va
dam olish rejasini , taom iste'molini
muntazamlashtirish , ekstraktiv sokogon
moddalar va vitaminlar tavsiya qilinadi.
Gastroptoz – me'daning tushishi


Gastroptoz odatda surunkali me'da
gipotoniyasi bilan birga kuzatiladi yoki
uning oqibati hisoblanadi .
Gastroptoz ko’pincha ayollarda 15 – 45
va yuqori yoshda kuzatiladi .
Etiologiya va patogenezi

Tug’ma va orttirilgan gastroptoz tafovut qilinadi.
Tug’ma gastroptoz konstitutsional asteniya
oqibati , orttirilgan gastroptoz esa o’ta oriqlash
va ko’p marta homilador bo’lish yoki assit
bartaraf qilingandan so’ng qorin devori
mushaklarining bo’shashishi oqibatida vujudga
keladi . Gastroptoz oshqozon holatini mustahkam
ushlaydigan bog’lamlar apparatining
cho’zilishidir.
Klinik ko’rinishi .



Bemorlarning ko’p qismi shikoyat
bildirmaydilar, oz qismi esa epigastriya sohasida
Og’irlik va kengayishi sezgisiga , bo’qiq
simillovchi og’riqqa , ko’ngil aynishiga,
ishtahaning pasayishiga shikoyat qiladilar .
Ko’pincha gastroptozda qabziyat kuzatiladi.
Sababi me'da vako’ndalang chambar ichakning
pastga tushishi va gipotoniyasi .
Davosi.
a)
b)
c)
d)
qorin devorini quvvatlaydigan
badantarbiya
qorinni uqalash
oz-oz va tez-tez ovqatlanish , ishtahani
ko’tarish maqsadida 4-6 YED insulin teri
ostiga
axiliyada me'da shirasi, atsedin –pepsin.
Profilaktikasi .


Me'da gipotoniyasi va gastroptozining
oldini olish maqsadida bolalik va
o’spirinlik
Davrlarida badantarbiya.
Gastritlar



Gastrit - me'da devori shilliq pardasi (goxida chukur
qavatlari) ning yallig’lanishi. O’tkir va surunkali turlari
tafovut qilinadi.
I. O’tkir gastrit - 3 turga bo’linadi: oddiy (kataral),
korroziyali (emirilish) va flegmonali.
II. Surunkali gastrit -me'da epiteliyasi regeneratsiyasining
fiziologik buzilishi bilan ifodolanadigan shilliq pardaning
surunkali yallig’lanishi, buning natijasida parda atrofiyasi,
me'daning sekretor, motor, goxida inkretor faoliyatining
o’zgarishi kuzatiladi.


Tasnifi. Etiologiyasi, patogenezi va patomorfologik
xususiyatlariga qarab surunkali gastrit kuyidagi tiplarga
bo’linadi:
(1) Autoimmunli surunkali gastrit (A tipi)- etiologiyasi
noma'lum, xastalik asosida me'da kislotasi va ichki omil ishlab
chiqaruvchi shilliq pardaning parietal xujayralariga nisbatan
qonda autoantitana xosil bo’ladi. Mazkur xujayralarning
atrofiyasi natijasida axlorgidriya va tashki omil so’rilishining
buzilishi, vitamin B12 etishmovchiligi anemiyasi rivojlanadi.
Lekin uzoq vaqt davomida me'daning pepsin xosil qilish
faoliyati buzilmay saqlanadi. Autoimmunli surunkali gastrit
oshqozonning fundal bo’limida (tubida) va tanasida joylashadi.
Surunkali gastritning A tipiga keskinlashib boruvchi atrofiya
jarayonining erta boshlanishi xarakterili, yallig’lanish xolati
ikkinchi o’ringa o’tadi. Bunda antral bo’limning shilliq pardasi
odatda o’zgarmay (intakt) qoladi. Gipergastrinemiya
aniqlanadi.

(2) Xelikobakterli surunkali gastrit (B tipi)- surunkali
gastritlar orasida eng ko’p xastalik (80 foizgacha) xeliko
bakter pilori (NR) bakteriyasi bilan chaqiriladi, faol
yallig’lanish bilan xarakterlanadi va yara kasalligi
patogenezining muxim qismi xisoblanadi. NR- gramm
manfiy burama shakldagi bakteriya, me'daning nordon
muxitida yashaydi, antral bo’limi epiteliya xujayralarida
joylashadi. Oshqozonga tushganda uzoq vaqt saqlanadi,
ko’payadi, epiteliyani shikastlaydi va shilliq pardada o’ziga
xos yallig’lanish rivojlanishiga olib keladigan immun
reaksiyasini chaqiradi. Surunkali gastritning B tipi, A
tipidan farqi, yoshlik chog’larida rivojlanadi, bunda
me'daning sekretor faoliyati aksariyat buzilmaydi, goxida
kuchayishi mumkin, me'daning parietal xujayralariga va
ichki omilga nisbatan antitanalar sodir bo’lmaydi, me'da
tanasining shilliq pardasi o’zgarmagan bo’lishi mumkin,
gipoxlorgidriya gipergastrinemiyasiz kuzatiladi.

Surunkali reflyuks gastrit (S tipi)- kimyoviytoksik tabiatli bo’lib, o’tning oshqozonga
tushishi (reflyuksi) natijasida vujudga keladi.
Gastritning bu turi ko’pincha me'da
rezeksiyasi oqibatida rivojlanadi.
3. Klinik ko’rinishi xastalikning zo’rayish davrida
umumiy va maxalliy belgilar bilan ifodalanadi.
Maxalliy simptomlar orasida me'da dispepsiyasi
yetakchi o’rinni egallaydi va xar xil ko’rinishda
ifodalanadi:
(1) A tipida - kekirish, og’izda kakra ta'm sezilishi,
ayniqsa ertalab, ishtaxa pasayishi, ovqatlangandan
so’ng qorinning yuqori kismida og’irlik va bosim
sezish, to’lib ketish xissi, ko’ngil aynishi, kusish
bezovta qiladi. Ko’pincha ichak dispepsiyasi (qorin
g’uldirashi, meteorizm, najas ajralishining buzilishi ich ketish kabziyat bilan almashinishi) qo’shiladi.
(2) B tipida - taomni iste'mol qilgandan so’ng jig’ildon
qaynashi va epigastriya soxasida simillovchi og’riq
bezovta qiladi, ich buzilishi, aksariyat, qabziyat
bilan ifodalanadi.
Surunkali gastritda bemorning umumiy xolati deyarli
o’zgarmaydi. Ko’zdan kechirishda va Rentgenda
antral gastritning boshlang’ich davrida shilliq parda
qati (burmalari)ning notekis qalinlashganligi,
qiyshiq yoki ko’ndalang joylashishi aniqlanadi.
Gastroskopiyada
ba'zan
eroziya,
petexiyali
qontalashlar aniqlanadi.
4. Tashxisini - aniqlashda endoskopik va
gistologik
tekshirishlar
hal
qiluvchi
axamiyatga ega., NR borligi yoki yo’qligiga
qarab surunkali gastritning turi, joylanishi va
faolligi aniqlanadi.
5. Kechishi odatda uzoq vaqt davom etadi,
xastalik zo’rayishi remissiya bilan almashinib
turadi.
6. Davosi. Surunkali gastrit bilan og’rigan
bemorlarni davolashda kasallik turini va
og’irlik
darajasini,
klinik
bosqichini,
me'daning sekretor va motor-evakuator
faoliyati xususiyatlarini e'tiborga olish lozim.
Bemor chekishga va alkogolga chek qo’yishi
kerak.
a. Parxez taomlar
b. Farmakoterapiya.
(a) Xelikobakterli surunkali gastrit davosi:
(1) antibakterial dorilar
(2) Antixolinergik moddalar
(3) O’raboluvchi va burishtiruvchi dorilar (b) Autoimmunli surunkali gastrit davosi.
(1) O’rinbosar terapiya
(2) Yarim ferment preparatlari
(3) Me'da sekretor faoliyati kuchaytirish eufillin, 1
tabletkadan kuniga 3 marta ovqatlanishdan 20-30
daqiqa oldin beriladi.
(4) Mikrotsirkulyatsiyani, oqsil ajralishini va reparativ
jarayonlarni kuchaytirib, me'da shilliq pardasi
trofikasini yaxshilovchi dori moddalar qo’llaniladi:
nikotin kislotasi preparatlari, askorbin kislotasi,
solkyuseril.
(5) Dispepsiyaga qarshi - serukal, reglan
(6) Og’riqqa qarshi spazmolitiklar
(c) Xalq tabobati
(d) Fizioterapiya.
8. Oqibati - yaxshi.
9. Profilaktikasi. Surunkali gastritning oldini
olish ovqatlanish rejimini to’g’ri qo’llashga
va ovqat turlarini to’g’ri tanlashga, jamoa
ovqatlanishini yaxshilashga, chekishga qarshi
kurashishga asoslangan.