Transcript Document
7-Маъруза: Оltingugurtning kislоrоdli birikmаlаri. Оltingugurt (IV) оksid, sulfit kislоtа vа uning tuzlаri. Tiоsulfаt kislоtа vа uning tuzlаri. Reja: Оltingugurtning kislоrоdli birikmаlаri. 2. Оltingugurt (IV) оksid, sulfit kislоtа vа uning tuzlаri. 3. Tiоsulfаt kislоtа vа uning tuzlаri. 1. Oltingugurtning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Oltingugurt bir necha xil oksid hosil qiladi, bu oksidlardan amaliy ahamiyatga ega bo’lganlari SO2-sulfit angidrid va SO3-sulfat angidriddir. Sulfit angidirid oltingugurtning havoda yoki kislorodda yonishi natijasida hosil bo’ladi. S + O2 = SO2 U o`tkir hidli, juda zaharli, elektr o’tkazmaydigan gaz. Sanoatda metall sulfidlarini ham oksidlab, kuydirib ham olinadi: 2PbS + 3O2 = 2PbO + 2SO2 Laboratoriyada misga kons. Sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2↑+ 2H2O U o’tkir hidli rangsiz gazdir; –10ºC temperaturada suyuqlikka aylanadi, 72.5% 0C da qaynaydi. Sulfit angidrid suvda yaxshi eriydi, 1 hajm suvda odatdagi temperaturada 40 hajm chamasi SO 2 eriydi. Kuchli qaytaruvchi bo`lib, hatto nitrat kislotani ham qaytaradi: 2HNO3+SO2=H2SO4+2NO2 SO2+Cl2=SO2Cl2 3SO2+2KMnO4+2H2O=2MnO2+K2SO4+2H2SO4 Sulfit angidrid kuchli qaytaruvchilar ta’sirida oksidlovchi xossasini ham namoyon qiladi: 2SO2+2Na=Na2S2O4 Sulfit angidridning ko’pgina miqdori H2SO4 ishlab chiqarish uchun ketadi. To’qimachilik sanoatida sulfit angidrid jun va ipak gazlamalni oqartirish, neft sanoatida esa moylarni tozalash uchun ishlatiladi. Sulfit angidriddan meva va sabzavotlarni konservalash, shuningdek omborlarni dezinfeksiya qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Sulfit angidrid suvda erib ikki negizli beqaror sulfit kislota hosil qiladi. SO2 ning suvdagi eritmasida mavjud bo'ladigan muvozanatni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: SO2 + H2O ↔ H2SO3 ↔ H+ + HSO3– ↓↑ H+ + SO32– H2SO3-kuchliligi o’rtacha bo’lgan kislota. Bu kislotada qaytarish xossalari ham, oksidlash xossalari ham bo’ladi. Qaytarish xossalarini namoyon qiladigan reaksiyalar H2SO3 uchun ko’proq xosdir. Masalan, sulfit kislota eritmasi ochiq idishda turib qolsa, H2SO3 havo kislorodi ta'sirida oksidlanib H2SO4 ga aylanadi. 2 H2SO3 + O2 = 2H2SO4 Sulfit kislotani galogenlar juda tez oksidlaydi: H2SO3 + Cl2 + H2O = H2SO4+ 2HCl Agar sulfit kislota juda kuchli qaytaruvchilar bilan masalan, H2S bilan reaksiyaga kirishsa, oksidlash xossalarini namoyon qiladi. H2SO3 + 2H2S = 3S + 3H2O Sulfit kislota ikki negizli bo'lganligi uchun ikki qator tuzlar: normal va nordon tuzlar hosil qiladi. Ba'zi gidrosulfitlar texnikada katta ahamiyatga ega. Masalan, Ca(HSO3)2 qog'oz sanoatida yog'ochni qayta ishlash uchun, NaHSO3-gazlamalar oqartirilgandan keyin ularda qolgan xlorni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi: NaHSO3 + Cl2 + H2O = NaHSO4 + 2HCl Na2SO3 ning suvdagi eritmasiga oltingugurt qo’shib qaynatilganda Na2S2O3 hosil bo’ladi, bu modda tiosulfat kislota H2S2O3 ning tuzidir (bu tuz ko’pincha giposulfit deb ataladi): Na2SO3 + S = Na2S2O3 Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: SO32– + S = S2O32– Tuzilishi. Uning molekulasidagi oltingugurtning bir atomi musbat 6 valentli, ikkinchi atomi manfiy 2 valentli ekanligini ko’rsatadi. Tiosulfat kislota erkin holda olingan emas. Natriy tiosulfatga kuchli kislota ta’sir ettirilganda S, SO2 va H2O hosil bo'ladi: Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + S + SO2 + H2O Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: S2O32– + 2H+ = S + SO2 + H2O Tiosulfat-yaxshi qaytaruvchi, u masalan xlorni xlorid kislotagacha qaytaradi: Na2S2O3 + Cl2 + H2O = Na2SO4 + S + 2HCl Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: S2O32– + Cl2 + 2H2O = SO42– + S + 2Cl– + 2H+ Natriy tiosulfat kumush bromid bilan reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan kompleks tuz hosil qiladi: AgBr + 2Na2S2O3 = Na3[Ag(S2O3)2] + NaBr Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi: AgBr + 2S2O32– = [Ag(S2O3)2]3– + Br– Natriy tiosulfatning fotografiyada fotoplastinka va fotoqog’oz ochiltirilgandan keyin hosil bo’lgan tasvirni mustahkamlash uchun ishlatilishi ana shu reaksiyaga asoslangan. Na2S2O3+ Br2 +H2O = Na2SO4 +S +2HBr 2Na2S2O3 +J2 = Na2S4O6 +2NaJ Ikki negizli kislota bo`lgani uchun sulfitlar va gidrosulfitlar hosil qiladi. Agar SO2 ning suvdagi eritmasidan H2S o`tkazilsa, oraliq mahsulotlar sifatida tiosulfat kislota H2S2O3 Yoki H2SxO6 tarkibli politionat kislotalar hosil bo`lshi mumkin. Politionat kislotalarda x, odatda, 3 dan 6 gacha bo`ladi: H2S3O6 -tritionat kislota: H2S4O6tetrationat kislota: H2S5O6 -pentationat kislota: H2S6O6-geksationat kislota. Bu kislotalar faqat eritmadagina ma’lum bo`lgan baqaror kislotalardir, lekin tuzlari birmuncha barqaror moddalardir.Tiosulfit kislotani H2SO3 dagi, tiosulfat kislotani esa H2SO4 dagi bitta kislorod atomi oltingugurt atomiga o`rin almashingan deb qarash mumkin: SO2, H2SO3, H2S2O3 , H2 Sx O6 va bu kislotalarning tuzlari kuchli qaytaruvchi xossaga ega: 5SO2 +2 KMnO4 + 2H2O = K2SO4 +2 MnSO4 + 2H2SO4 H2SO3 +CI2 +H2O = H2SO4 +2HCI