Yuldasheva S.muzeylar bn tanishtirish

Download Report

Transcript Yuldasheva S.muzeylar bn tanishtirish

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA
FAKULTETI
Zoologiyan kafedrasi
5140400- Biologiya va inson hayot faoliyati muhofazasi
ta`lim yo`nalishi 4V-bosqich talabasi
Yuldasheva Sohiba
REFERAT ISHI
MAVZU: Tabiatshunoslik darslarida maktab bolalarini
muzeylar bilan tanishtirish ahamiyati.
Nukus 2013
Kirish
 Atrof-muhitimiz, tabiatimiz, undagi o’simliklar olami
xilma-xil. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak
ma’naviyat yengilmas kuch” asarida shunday degan
edilar “Bir qarashda hayot alomati yo’qdek tuyiladigan
tog’-u toshlarda ham yam-yashil maysalar ko’karadi,
qirmizi lolalar alvon gilamdek ochila boshlaydi.
Bularning barchasi tabiat bag’ridagi ko’zga ko’rinmas
mislsiz qudrat energiyaning ajib bir ko’rinishda
namoyon bo’lishi bilan bog’liqdir. Yer-u ko’kdagi bunday
buyuk o’zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq
chiqarish, o’rnak olish uchun odamzot o’zining yon
atrofiga uyg’oq nigoh, qalb ko’zi bilan qarashi lozim deb
o’ylayman”. Yurtboshimizning bu gaplari asosida
chuqur ma’no va mazmun bor, albatta.

Mavzuning dolzarbligi
 Muzeylarga sayohatlar orqali
o’quvchilarda muzeylardagi ekspоnatlar
 ko’rgazma materiallar yordamida ularda
u yoki bu mavzuda tasavvurni to’laqonli
shakllantirish. Albatta bu kabi jarayonlar
to’laqonli,ma’suliyat his qilgan holda olib
borilib, bolalar bilan faqat darsda emas
balki darsdan tashqari ishlansa darslarni
samaradorligi oshadi,bolalarning tabiat
haqidagi tasavvuri kengayadi.
Tadqiqot maqsadi:
 Usbu ishning maqsadi.
 O’quvchilarga tabiatshunoslik fanlarini
o’qitishda muzeylarning ahamyatini
tushuntirish.Tabiatshunoslik fani orqali jonli
va jonsiz tabiat to’[risida aniq bilimlar berish.
Ularni tabiatni sevishga,undan oqilona
foydalanish va uni muhofaza qilishga
o’rgatish
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi
davrlarda muzeychilik ishlarining salmog'i
yanada oshganligini ko'ramiz. O'zbekiston
Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi
"Muzeylar faoliyatini yaxshilash va
takomillashtirish to'g'risida"gi qarori
yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
natijasida mamlakatimizda muzeylar ishiga
katta ahamiyat berila boshlandi.
O’zbekiston Davlat
tabiat muzeyi
Tabiatshunoslikni o’qitishda muzeylarning ayniqsa, tabiat
muzeyining ahamiyati juda kattadir. Yuqorida bir necha
bor ta’kidlangani kabi, tabiatshunoslik darslari faqat ilmiy
asoslardan emas balki ko’rgazmali jarayonlar, shu
o’rinda sayohatlardan iboratdir. Sayohatlar turi xil
manzillarga shu o’rinda muzeylarga ham uyushtirilishi
mumkin. Biror mavzu o’quvchiga dars davomida
o’qitilsa, albatta ko’rgazmali qurollar, tushuntirishlar bilan
olib boriladi, undan tashqari darsning 2 qismiga ham
e’tibor berilishi kerak. 2 qismida muzeylarga sayohat
uyushtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tushuntirilgan
mavzu bo’yicha bilimlarni yanada mustahkamlash
uchun, bu narsalarni, detallarni tabiiy ravishda ham
ko’rib u haqida tassavurga ega bo’lishi zarur.
Misol uchun “O’rmonlar” mavzusi dars davomida tushuntirilsa,
uni mustahkamlash uchun darsning 2 ko’rgazmali qismiga
o’tiladi. Agar bu 2 qismda bolalarga o’rmon xayvonlari,
o’simliklari haqida ko’rgazmalar uyishtirish uchun o’rmonga
borilsa bu ,real olib qaralsa, bu hech tarafdan maqul emas.
Chunki darsning ko’rgazmali qismi jarayonida, ya’ni o’rmonda,
bolalar shikatlanishi mumkin, yo o’rmonda mavzuga doir
o’simlikni yo hayvonni topish qiyinchilik tug’dirishi bilan birga
natija bermasligi mumkin. Bu esa darsdan ko’zlangan maqsadga
erishishga to’sqinlik qiladi. Shu sababdan bu o’rinda
muzeylardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Muzeylarda barcha narsa tayyor holda bo’ladi. Yuqoridagi
“O’rmonlar ” mavzusidan so’ng muzeylarga tashrif buyurilsa, bu
yerdan ko’rgazmali qurollardan tortib, tayyor eksponatlargacha
o’rganish mumkin. Bu esa darsdan ko’zlangan maqsadga
to’laqonli erishishga olib keladi. Darsning samaradorligi yanada
oshadi.
Zomin o'lkashunoslik muzeyi
Qadimiy Zominda katta o'zgarishlar ro'y bermoqda.
Uni yangidan-yangi inshootlar, madaniy-maishiy
binolar bezab turibdi. Ayniqsa tuman markazi alohida
ahamiyatga molik.
Shunga qaramay, bu o'lkaning qadimiyligi yana va
yana o'z isbotini topmoqda.. 1996 yilda ochilgan
muzey fondida 30 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.
Unda arxeologiya, etnografiya bo'limlari faoliyat
yuritadi. O'lka tarixini o'rganish uchun bu yerga
zominlik o'quvchilar va mahalliy yoshlar tashrif
buyurishadi. Uni qayta ta'mirlashga katta kuch
sarflandi. Aytishlaricha bungacha eksponatlar
tartibsiz, shundoqqina stollar ustiga qo'yilgan edi.
Endi esa har bir bo'limlar zamonaviy talablar asosida
bezatilgan bo'lib, u Jizzax viloyatining eng yaxshi
muzeylaridan biriga aylandi.
 Tabiat muzeyi ekspanatlari
Toshkent Davlat tabiat muzeyi ekspanatlari.
 O’zbekiston Davlat tabiat muzeyida bo’lgan
kishi o’zini go’yo tabiat qo’ynida yurgandek his
qiladi.Shu sababdan bu muzey bolalarga
o’lkamizning boy tabiati haqida to’laligicha
ma’lumot beradi.Daraxt shoxlaridagi
olmaxon,gullab turgan na’matak qulochini keng
yozgan burgut-bularning barchasi kishilarga
zavq ulashish barobarida ona tabiatni ko’z
qorachig’idek asrash lozimligini uqtirgandek
bo’ladi.Muzey fondida 400 mingdan ortiq
namuna mavjud bo’lib, Markaziy Osiyoda eng
yirik(300 mingdan ko’p) entomologiya
fondi,1000 varaq gerbariydan iborat botanika
fondi,shuningdek zoologiya va geologiya
materiallari bor.
Qoraqolpog’iston o’lkashunosklik
muzey ekspanatlari
 Qoraqolpog’iston Davlat o’lkashunoslik
muzeyi 1929-yili dastlab To’rtko’l shahrida
tashkil topgan.Bugungi kundagi eng
mashhur muzeylardan biri.
 Dastlab muzeyda bir neja o’nlab
ekspanatlar bo’lsa, bugungi kunda ularning
soni 56 mingdan oshdi.Muzeylarning har bir
bo’limi bir-biridan betakrorligi bilan ajralib
turadi.Ayniqsa tabiat bo’limini bolalar
sevadilar.Bu yerda diyorimizning flora va
faunasini tasvirlaydigan
Usyurt,Qizilqum,Orol Dengizi suvda
suzuvchilari to’qay o’simliklari kishini o’ziga
jalib qiladi.
Andijon o’lkashunoslik
muzeyi
Namangan o’lkashunolik
muzeyi
O’lkashunoslik
23 ta
Tarixiy
15 ta
Muzeylar
M
Jami
81 ta
Badiiy san’at
10 ta
Xotira me’morial
20 ta
 Bundan tashqari shahar va tumanlarda
O’zbekiston Respublikasi madaniyat va
sport ishlari vazrligiga qarashli 510 dan
ortiq muzeylar mavjud.Respublikamizdagi
maskur muzeylarda jami 1mln.350 ming
eksponat mavjud.1876-yili tashkil etilgan
o’zbekiston Davlat tabiat muzeyi esa
asosan,tabiatshunoslik fani o’gatilishi
asosiy manbadir
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytsak bo’ladiki o’qituvchi o’quvchilar
bilan shug[‘ilanish jarayonida ularni muzeyga olib
borib,darsga tegishli tayyor ko’rgazmalar bilan
tanishtiradi.Buning natijasida o’quvchi darsdan
to’laqonli qoniqadi,chunki unga nazariy qismi bilan
birga ko’rgazmali qismi ham o’tib berilgan
bo’ladi.Bunday holatlarda tabiat muzeylari dars
o’tilishini yengillashtirib,undan ko’zlangan maqsadga
erishishda yordam beradi.Muzeylar har bir xalq yoki
millatning moddiy va ma’naviy merosini o’ziga xos
namunalarni saqlab kelayotgan beqiyos xazina
dargohidir.ular o’tmishni bugungi kun bilan bog’laydi va
uni avlodlarga munosib tarzda yetkazib berishga
xizmat qiladi.
E’tiboringiz uchun
raxmat