306-guruh o’quvchisi Niyozo’v G’ulom Kushon podsholigi. Kushon podsholigi. Miloddan avvalgi 140 – 130 – yillarda yuejchi qabilalari shimoli – sharqdan kelib, Yunon – Baqtriya davlatining yunonlar zulmidan ozod bo’lishga.
Download ReportTranscript 306-guruh o’quvchisi Niyozo’v G’ulom Kushon podsholigi. Kushon podsholigi. Miloddan avvalgi 140 – 130 – yillarda yuejchi qabilalari shimoli – sharqdan kelib, Yunon – Baqtriya davlatining yunonlar zulmidan ozod bo’lishga.
306-guruh o’quvchisi Niyozo’v G’ulom Kushon podsholigi. Kushon podsholigi. Miloddan avvalgi 140 – 130 – yillarda yuejchi qabilalari shimoli – sharqdan kelib, Yunon – Baqtriya davlatining yunonlar zulmidan ozod bo’lishga yordam berdilar va shu yerda o’rnashib qoldilar. Ular dehqonchilikni yaxshi bilar edilar. Yuz yil ichida yuejilar besh oilaga bo’linib ketdilar. Guyshuan, Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmi. So’ngra guyshuan qabilasi qolgan qabilalar yerlarini egallaydi. Iqtisodiy taraqiyoti. Vama Kadfiz davrida Kushon davlatida tanga zarb qilish boshlandi, tangada hukumdor nomi ko’rsatilgan. Vima Kadfiz pul islohati o’tkazdi, tangalar qadri ortadi, Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan. Milodning 1 chi 2 chi asrlarida Kanishka hukumronligi davrida KUshon podsholigi o’z taraqiyotining cho’qisiga ko’tarildi. Yangi shaharlar bunyod etildi. Diniy etiqodi. Diniy etiqodi: kushon davlati tashkil topayotganda Bqtriya, So’g’diyonaning asosiy aholisi zardusht dinida edi. Kanishka davrida Hindistonning bir qismi qo’shib olingach, bu davlatda budda dinidagilar ham ko’paydi. Keyinchalik bu din davlat diniga aylandi. Qadimshunoslar Eski Termiz, Ayritom,va Dalvarzintepada budda ibodatxonalari qoldiqlarini o’rganganlar. Ayritom yodgorligidan Haykallar ishlangan friz (tom bilan devor oralig’idagi bezak. Asosiy etibor saroylar va ibodatxonalar qurilishiga qaratilgan. Xolchayon (Surxon vodiysi) dagi hukmdor saroyi, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa), Dalvarzintepadagi budda ibodatxonalarida o’sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlik namunalari o’rganilgan. Masalan Budda haykali shu kabi sanat namunalari Tuproqqala va Yerqo’rg’ondan ham topilgan.