6-sinf Fe`lning shaxs-son shakllari - 8

Download Report

Transcript 6-sinf Fe`lning shaxs-son shakllari - 8

Mavzu:
Sinf:
Vaqti:
 Ta’limiy: O`quvchilarga shaxs-son shakllari
bo`yicha bilim berish.
 Tarbiyaviy: O`quvchilarda tabiatga
muhabbat uyg`otish.
 Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki
va yozma nutqini o`stirish

Dars turi: amaliy va nazariy
 Dars uslubi: Aralash (suhbat, ma’ruza,
savol-javob, bahs-munozara, musobaqa, )
 Darsning jihozlanishi: tarqatma
materiallar, slayd, darslik
 Dars usuli: Yozma matnlar, chizmalar
asosida
I. Tashkiliy qism:
a) sinf ikki guruhga bo`lingan
b) salomlashish:
s) navbatchi hisoboti:
d) kun yangiliklari:
e) dars davomida o`quvchilar kartochkalar bilan
baholanib boriladi
Dars shiori:
 II. Asosiy qism:
 1. O`tgan mavzuni so`rash:
 Bunda o`quvchilardan fe’l mavzusi bo`yicha o`tilganlar
yuzasidan quyidagi atamalarni izohlab beradilar:
 1-guruh
Nisbat
Harakat nomi
Qo`shma fe’l
Hozirgi zamon
Buyruq-istak mayli
2-guruh
Sifatdosh
Ko`makchi fe’l
O`tgan zamon
Xabar mayli
Shart mayli
 O`tilgana mavzularni
mustahkamlash uchun quyidagi
fe’llarni qo`shimchalarga ajratib
izohlaydilar:
 1-guruh
eslattiraman
yashayapman
bilmay qolasan
o`ynayapman
kelayotir
2-guruh
gapirgansan
sochgandim
o`yladim
yugurib-yelardi
o`qib chiqyapman
 Yangi mavzu bayoni:
 Tuslovchi qo`shimchalar 2 xil shaklda bo`ladi: -m,
-ng, -k,
-ingiz shakli va –man, -san, -miz, -siz shakli.
 -sa va –di shakllari -m, -ng, -k, -ingiz qo`shimchalari bilan
tuslanadi.
Birlik
I shaxs: bordim, borsam
II shaxs: bording, borsang
III shaxs: bordi, borsa
Ko`plik
bordik, borsak
bordingiz, borsangiz
bordilar, borsalar
 -ib, -gan, -ar, -yap, -moqchi,-yotib, -yotir kabi shakllar
–man, san, -miz, -siz shakli bilan tuslanadi.
Birlik
Ko`plik
I shaxs: boribman
boribmiz
II shaxs: boribsan
boribsiz
III shaxs: boribdi
boribdilar
Ushbu shaklda fe’l tuslang:

Birlik sonda
Ko‘plik sonda
 I sh. fe’l + zamon + man, + m
fe’l + zamon + miz,+k
 II sh. fe’l + zamon + san, + ng
fe’l + zamon + siz,+ ngiz
 III sh. fe’l + zamon + ti, -
fe’l + zamon + ti,+ lar
Mavzuni mustahkamlash uchun
mashqlar bajaramiz.
1-topshiriqdagi so`zlarning
toqlarini birinchi guruh,
juftlarini ikkinchi guruh
qismlarga ajratib
izohlaydilar.
Mashqlarni “Gul” o`yini tarzida
bajaramiz:
247-mashq.
 Berilgan fe’llarga shaxs-son shakllari
qaysi vaqtda –m, -ng shaklida, qaysi
vaqtda –man, -san shaklida
qo`shilishini tushuntiradilar
248-mashq.
 Fe’l asoslariga qavs ichidagi
shaxs-son qo`shimchalaridan
mosini qo`yib ko`chiring va
ularni izohlang.
249-mashq.
Fe’llarni tarkibiy qismlarga
ajrating. Shaxs-son
qo`shimchalarining asosga
qo`shilishiga diqqat qiling.
Yur+ing+lar
Mavzuni mustahkamlash:
1. Shaxs-son qo`shimchalari deb nimaga aytiladi?
2. I va II shaxsni bildiruvchi shaxs-son
qo`shimchalari qaysilar?
3. III shaxsda shaxs-son qo`shimchalari qanday
ifodalanadi?
4. Shaxs-son qo`shimchalari fe’llarga qanday
shakllarda qo`shiladi?
Uyga vazifa:
 250-mashq. “Men kamtarman” degan
odamni kamtar ekan deb o`ylamang.
(Asqad Muxtor) Shu mavzuda hikoya
tuzing. Fe’llardagi shaxs-son
qo`shimchalarini izohlang.